Magdalena Andersson

Eva Magdalena Anderson (shved. Eva Magdalena Andersson; tugʻ. 1967-yil 23 yanvar, Uppsala, Shvetsiya ) - shved siyosatchisi va davlat arbobi. 2021-yil 4-noyabrdan Shvetsiya Sotsial-demokratik mehnat partiyasi raisi etib tayinlangan. 2014-yildan beri u Shvetsiya moliya vaziri boʻlib, hukumatdagi bu lavozimdagi birinchi ayol boʻldi . 2014-yildan beri Riksdag aʼzosi (Stokgolm okrugidan) .

Magdalena Andersson
shvedcha: Magdalena Andersson
image
Shvetsiya Sotsial-demokratik mehnat partiyasi raisi
image
 
Mansab davri
2021-yil 4-noyabr – 2022-yil 18-oktabr
Oʻtmishdoshi Stefan Löfven
Vorisi Ulf Kristersson
image
 Shvetsiya moliya vaziri
Mansab davri
2014-yil 3-oktabr – 2021-yil 4-noyabr
Hukumat boshligʻi Stefan Löfven
Oʻtmishdoshi Anders Borg
image
 Riksdag aʼzosi
image
 
Mansab davri
2014-yil 29-sentyabr – h.v.
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Eva Magdalena Andersson

23-yanvar 1967-yil (1967-01-23) (58 yosh)
Uppsala, Shvetsiya
Fuqaroligi image Shvetsiya
Siyosiy partiyasi Shvetsiya sotsial-demokratik ishchilar partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Richard Friberg(1967 tugʻ.)
1997 beri
Bolalari 2 ta
Onasi Elza Birgitta Granell-Andersson
Otasi Göran Andersson
Taʼlim Upsala kafedral bilimyurti (1987),
Stokgolm iqtisodiyot maktabi(1992),
Garvard Universiteti(1995)

Biografiyasi

Eva Magdalena Andersson 1967-yilda Uppsala shahrida tugʻilgan. Ota-onasi - Goran Andersson ( Göran Andersson; 1936-2002), Uppsala universiteti oʻqituvchisi va oʻqituvchi Elza Birgitta Granell-Andersson ( Elsa Birgitta Granell-Andersson; 1939-yilda tugʻilgan) .

1987-yilda Uppsala sobori maktabini tamomlagan. U Stokgolm Iqtisodiyot maktabini 1992-yilda tamomlagan va Biznes boshqaruvi va iqtisod boʻyicha ilmiy bakalavr (B. Sc.) darajasini olgan. 1994-yil kuzida Avstriya poytaxti Vena shahridagi Ilgʻor tadqiqotlar institutida (IHS) tahsil oldi. 1995-yilning bahorida Garvard universitetida oʻqidi. 1994-yilda u oʻzining alma-materi Stokgolm Iqtisodiyot maktabida dars bergan.

Siyosiy faoliyati

1996-1998-yillarda Goran Persson Bosh vazir devonida siyosiy ekspert, keyin 1998-2004-yillarda Bosh vazir devonida rejalashtirish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlaydi. 2004-2006-yillarda - Shvetsiya Moliya vazirligining Davlat kotibi, 2019-yilgacha Shvetsiyaning ot poygalari garovlarini qabul qilish boʻyicha monopol operatori boʻlgan ATG boshqaruv kengashi aʼzosi. 2005-2009 - Buyuk Britaniya Mehnat partiyasi tahlil markazi Siyosat tarmogʻi boshqaruvi aʼzosi. 2007-2009 - Partiya raisi Mona Salinning ichki siyosat boʻyicha maslahatchisi. 2009-2012-yillarda Shvetsiya soliq agentligida bosh direktor oʻrinbosari, Shvetsiya tadbirkorlik subʼektlarini roʻyxatga olish xizmati boshqaruvi aʼzosi. 2012-2014-yillarda - partiyaning iqtisodiy va siyosiy masalalar boʻyicha rasmiy vakili sifatida faoliyat yuritgan.

2014-yilgi parlament saylovlari natijalariga koʻra u Stokgolm okrugidagi Sotsial-demokratik partiyadan Riksdag aʼzosi etib saylangan. 2018-yilgi saylovlarda qayta saylangan .

2014-yil 3 oktyabrda u Stefan Lyoven hukumatida Moliya vaziri lavozimini egallaydi va mamlakat tarixida ushbu lavozimni egallagan birinchi ayol boʻldi

2021-yil 4-noyabrda Gyoteborgda boʻlib oʻtgan yillik qurultoyda ovoz berishdan soʻng u Shvetsiya Sotsial-demokratik mehnat partiyasi raisi etib saylanadi . Avgust oyida Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Leuven isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgandan soʻng darhol asosiy nomzod sifatida Magdalena Andersson paydo boʻldi. Oʻshandan beri u ushbu lavozimga barcha partiya okruglari va Sotsial-demokratlar partiyasidan nomzodlarni koʻrsatish qoʻmitasi tomonidan nomzod sifatida koʻrsatilgan. 4-noyabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlar vaqtida Magdalena Andersson bu lavozimga taqdim etilgan yagona nomzod edi.

2021-yil 24-noyabrda parlamentdagi ovoz berish natijalariga koʻra, u Shvetsiyaning 45-bosh vaziri etib saylandi va bu lavozimdagi birinchi ayol boʻldi . Uning nomzodini yoqlab 117 nafar deputat ovoz berdi, 174 nafari qarshi chiqdi, 57 nafar deputat betaraf qoldi . Bir necha soatdan keyin Yashillar partiyasi koalitsion hukumat tarkibidan chiqdi, bu avtomatik ravishda bosh vazirning isteʼfoga chiqishini bildiradi. Biroq bosh vazir boʻlib saylangandan soʻng, u Yashillar partiyasining hukumatdan chiqish toʻgʻrisidagi qarori bilan bogʻliq holda Vazirlar Mahkamasida boʻlinish yuz bergani tufayli yetti soatdan keyin oʻz lavozimini tark etib isteʼfoga chiqdi

Shaxsiy hayoti

Naka shahrida yashaydi. Andersson Stokgolm Iqtisodiyot maktabining iqtisod professori Richard Friberg (Richard Friberg; 1967-yil tug.) bilan turmush qurgan. Bu nikohdan ikki farzand dunyoga keldi .

Manbalar

  1. „Премьером Швеции станет женщина“. Euronews (2021-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  2. „В Швеции впервые в истории избрали премьера-женщину“. РИА Новости (2021-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-noyabr.
  3. „Magdalena Andersson (S)“ (sv). Riksdagen. Qaraldi: 2021-yil 4-noyabr.
  4. „CV Magdalena Andersson“ (en). Government Offices of Sweden (2021-yil 9-iyul). 2021-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr. (Wayback Machine saytida 2021-11-30 sanasida arxivlangan)
  5. „Omröstning om ny statsminister“ (sv). SVT Nyheter (2021-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-noyabr.
  6. https://daryo.uz/2021/11/25/shvetsiyaning-birinchi-ayol-bosh-vaziri-lavozimiga-saylanganidan-7-soat-otib-istefoga-chiqdi/

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Magdalena Andersson haqida, Magdalena Andersson nima? Magdalena Andersson nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan