Mahbub ul-qulub

Vikipediya, erkin ensiklopediya

„Mahbub ul-qulub“ („Koʻngillarning sevgani“) 1500-yilda Alisher Navoiy tomonidan yozilgan asardir. Asar oʻzaro bogʻliq 3 qismdan iborat. 1-qism 40 fasl (bob) ni oʻz ichiga oladi. Bunda muallif oʻz davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq hislatlar tafsiloti berilgan. 3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Har bir jumla oʻzaro qofiyadosh. Asarning sajda yozilishi unga alohida badiiy nafosat bagʻishlagan. Asarga baytlar, ruboiylar kiritilib, ular ulugʻ shoir va mutafakkirning hayot haqidagi xulosalarini mujassamlashtirgan. Mahbub ul-qulub Alisher Navoiy asarlari tilini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Uning turli vaqtda koʻchirilgan bir qancha qoʻlyozmalari Toshkent, Sankt-Peterburg, Parij va Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mahbub ul-qulub haqida, Mahbub ul-qulub nima? Mahbub ul-qulub nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan