Mahmud Gʻijduvoniy
Mahmud Gʻijduvoniy, Joni Mahmud ibn Shayx Ali ibn Imomiddin al-Gʻijduvoniy (16-asr) — buxorolik sayyoh, geograf va tarixchi olim. Yoshligidan ustozlari — Shayx Kamoliddin Husayn Xorazmiy va Shayx Hoji Muhammad al-Xabushoniy sayohatlarida qatnashgan, soʻngra Turon va Eron oraligʻida oʻzi sayohat qilgan. Bu sayohatlar natijasida "Miftoh uttolibin" ("Ilm toliblarining kaliti") asarini yozgan (1543). Asarda 16-asr boshlarida Buxoro, Samarqand, Xiva, Marv, Mashhad, Hirot, Niso shaharlari, oʻsha davrdagi tarixiy voqealar, urf-odatlar, yirik shaxslar va boshqa toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. M. Gʻ. Xazar (Kaspiy) dengizining sharqidagi eng yirik port — Manqishloq bandargohiga ham tez-tez borib turgan. Bu portga Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan savdogarlar kelib turgan. M. Gʻ. asarini 19-asrda Oga-hiy fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Adabiyot
- Hasanov H., Sayyoh olimlar, T., 1981.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mahmud Gʻijduvoniy haqida, Mahmud Gʻijduvoniy nima? Mahmud Gʻijduvoniy nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!