Mamatxonov Yahyoxon

Yahyoxon Mamatxonov (1914.21.12, Kuva tumani — 2001.25.8, Fargʻona) — Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Oʻzbek davlat musiqali drama teatri krshidagi studiyada taʼlim olgan (1930—32). 1932—34 yillar shu teatrda aktyor. 1934-yildan Fargʻona viloyat musiqali drama va komediya teatri aktyori (1948—64 yillar direktori). Spektakllarda yetakchi qahramon, ayni vaqtda, choʻrtkesar, oʻjar tabiatli kishilar obrazini yaratishda kuchli dramatizm, bosiq harakatlar, past ovoz va bamaylixotirlik bilan ifoda etish uning ijodiga xos. Solihboy ("Boy ila xizmatchi"), xon Boboxon ("Tohir va Zuxra"), Navoiy ("Alisher Navoiy"), Hamza ("Hamza"), Muqimiy ("Mavlono Muqimiy"), Yusufbek hoji ("Utgan kunlar") va b. uning sahnada yaratgan eng yaxshi obrazlaridir. Klnoda Toshmatov ("Opasingil Rahmonovalar"), Orif ota ("Stadionda uchrashamiz"), Ahmedov ("Alangali yillar") kabi rollarni, "Navoiy" videofilmida esa Lutfiyni ijro etgan. "Nodira" (S. Qosimov bilan birgalikda), "Boqi va Soki", "Meli habbonu Nabi tovon" kabi musiqali drama va komediyalarni yozgan. "Yor, diyor madhi" adabiy musiqali kompozitsiya va bir qancha qoʻshiqlar muallifi. "Uch soz" sheʼriy toʻplami nashr etilgan.

Manbalar

  1. "Mamatxonov Yahyoxon" OʻzME. M-harfi (Wayback Machine saytida 2021-08-30 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mamatxonov Yahyoxon haqida, Mamatxonov Yahyoxon nima? Mamatxonov Yahyoxon nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan