Martin Haydegger

Martin Haydegger (1889.26.9 — Meskirx, Baden - 1976.26.5) — nemis faylasufi-ekzi-stensialist. 1928—45 yillarda Freyburg, keyin Breysgau untlarida professor Gusserlnint shogirdi va izdoshi boʻlgan boʻlsa-da, asta-sekin undan uzoklasha bordi. Borliq haqidagi taʼlimot ("fundamental ontologiya")ni rivojlantirdi; bu taʼlimot asosida haqiqiy mavjudlik (ekzistensiya) bilan kundalik. oddiy dunyoni qarama-qarshi qoʻyish yotadi; H. fikricha, borliqning maʼnosini anglab yetish inson mavjudligining bebaqoligini fahmlash bilan bogʻliqdir. H.ga koʻra, borliqning, inson shaklining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, u nafaqat borliqning boshqa koʻrinishlarini, balki oʻzini oʻzi bilishga ham qodir. Shuningdek, inson borliqning boshqa shakllari bilan turli munosabatlar oʻrnatish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham bunday borliq, yaʼni inson ekzistensiyasi — ontologiyaning poy-devori boʻlmogʻi kerak. H. taʼlimoti va u yaratgan oʻziga xos atamalar hozirgi zamon tafakkuri, xususan Yevropa fal-safasi uchun kuchli turtki boʻldi.
Asosiy asarlari
| ]- "Borliq va zamon" (1927);
- "Kant va metafizika muammosi" (1929);
- "Zamon olam manzarasida" (1938);
- "Burilish" (1949);
- "Texnika haqidagi masala" (1953);
- "Metafizi-kaga kirish" (1953).
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Martin Haydegger haqida, Martin Haydegger nima? Martin Haydegger nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!