Matyoqub Xarratov
Matyoqub Qurbon Xarrot (duradgor) ugli Xarratov (1867, Xiva – 1939, Urganch) – xalq sozandasi (tanbur, dutor, gʻijjak), maqomchi, xattot. Xudoybergan muhrkan, Niyozjon Xoʻja va Komil Xorazmiylarning shogirdi va izdoshi. Komil Xorazmiy ixtiro etgan „Tanbur chizigʻi“ni takomillashtirishda va uning vositasida Xorazm maqomlarini notaga olishda ijrochi, tadqiqotchi va xattot sifatida Muhammad Rasul Mirzaboshi bilan hamkorlik qilgan (1886-91). Muhammad Rahim II saroyida sozanda va maqomchilar ustozi (18881906). Xiva musiqa maktabida oʻqituvchi (1923— 28), Sozchilar uyushmasi ansambli (1928—32) va Urganch teatri (1932—39)da sozanda. Xattotdan Sanʼatshunoslik instituti xodimlari Ye. Romanovskaya, Il. Akbarovlar 1934-yil tanbur ijrosida Xorazm maqomlarining cholgʻu yoʻllarini yozib olgan. Gʻijjak uchun „Xarrotiy“ nomli kuy yaratgan.
Adabiyot
- Olimboyeva K., Ahmedov M., Oʻzbekiston xalq sozandalari, T., 1959.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Matyoqub Xarratov haqida, Matyoqub Xarratov nima? Matyoqub Xarratov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!