Mavluda Asalxoʻjayeva
Mavluda Asalxoʻjayeva (15-oktyabr 1963-yil, Jalolobod shahri, Qirgʻiziston SSR) – xonanda.
| Mavluda Asalxoʻjayeva | |
|---|---|
| Tavalludi | 15-oktyabr 1963-yil Jalolobod |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
1963-yil 15-oktyabrda Qirgʻizistonning Jalolobod shahrida, sanʼatkor Abdurahmon Asalxoʻjayev va shifokor Sanobar Asalxoʻjayeva oilasida tugʻilgan. Bolaligida sanʼatga qiziqqan boʻlsa-da, otasi uning sanʼatkor boʻlishiga qarshi boʻlgan. Shunga qaramay, Toshkentga kelib, sanʼat institutida tahsil olgan va ijodiy faoliyatini boshlagan.
1986-yili „Asal“ musiqiy guruhini tashkil etgan. 1991-yili esa, „Mohigul“ nomli birinchi albomi chiqardi.
1998-yili, Oʻzbekiston Prezidenti buyrugʻi bilan, „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlanadi.
Oilasi
Mavluda Asalxoʻjayeva „Destan“ ansamblida ishlagan davrida turkmanistonlik sozanda Devlet Qilichev tanishib, unga turmushga chiqqan. Devletning avvalgi nikohidan ikki farzandi boʻlgan, Mavluda ularni oʻz farzandlaridek qabul qilgan. Shuningdek, u oʻzining singlisi Mohigulni oʻgʻli Qurbonjonga uzatgan.
Filmografiya
Film
| Yil | Film nomi | Rol |
|---|---|---|
| 2003 | „Soxta qorbobo“ | Mavluda Asalxoʻjayeva |
| 2006 | „Olovuddinning yangi sarguzashtlari“ | Mavluda Asalxoʻjayeva |
| 2007 | „Sehrli uzuk“ | Mavluda Asalxoʻjayeva |
| 2007 | „Toʻylar muborak 2“ | Mavluda Asalxoʻjayeva |
| ? | „Zulayho Boyxonova, Iroda Nosirova bilan“ |
Serial
| Yil | Film nomi | Rol |
|---|---|---|
| 2015 | „Qaynona va kelin“ | Qaynona |
Manbalar
- Taʼziya! Mavluda Asalxoʻjayeva ogʻir judolikka uchradi (foto)
- Mavluda Asalxoʻjayevaning turmush oʻrtogʻi vafot etdi[sayt ishlamaydi]
- Mavluda Asalxoʻjayeva oʻz singlisini oʻgʻliga kelin qilganidan xursand (Video)
- Turkman yigiti bilan oila qurgan, konserti kuni otasidan ayrilgan va sevimli oʻgay ona boʻla olgan Mavluda Asalxoʻjayeva 60 yoshda (foto, video)
Havolalar
- Mavluda Asalxo'jayeva on AppleMusic
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mavluda Asalxoʻjayeva haqida, Mavluda Asalxoʻjayeva nima? Mavluda Asalxoʻjayeva nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!