Mavrikiy rupiyasi
Mavrikiy rupiyasi Mavrikiy davlatining pul birligidir.
Tarixi
1878-yildan boshlab hind rupiyasi Mavrikiy hududida muomalada boʻlgan. 1934-yilda Mavrikiy gʻaznachiligi hind banknotlari bilan parallel ravishda muomalada boʻlgan rupiya pullari va tangalarni chiqarishni boshladi. 1 Mavrikiy rupiyasi = 1 hind rupiyasi = 1 shilling 6 pens teng edi.
1949-yil 18-sentabrda Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi Mavrikiy rupiyasining oltin tarkibini 0,186621 g sof oltin miqdorida belgiladi, bu hind rupiyasi va funt sterlingning ilgari oʻrnatilgan kursiga toʻgʻri keldi. 1966-yil iyun oyida Hindiston rupiyasining devalvatsiyasidan keyin valyuta kursi: 1 Mavrikiy rupiyasi = 1,57 hind rupiyasi deb belgilandi. 1967-yil noyabr oyida funt sterling devalvatsiyasidan keyin Mavrikiy rupiyasi ham devalvatsiya qilinndi va uning oltin tarkibi 0,159951 g sof oltinga tushirildi, hind rupiyasiga kurs: 1 Mavrikiy rupiyasi = 1,35 hind rupiyasi deb belgilandi. Mavrikiy sterling hududining bir qismi edi.
1976-yil 5-yanvarda funt sterling bilan belgilangan nisbat bekor qilindi va XDR kursi 1 XDR uchun 7,713759 rupiya etib belgilandi. 1981-yil 23-sentabrda valyuta kursi oʻzgartirildi — 10 rupiya = 1 XDR.
1983-yil 28-fevralda XDR bilan belgilangan nisbat bekor qilindi, rupiya kursi valyuta savati asosida oʻrnatila boshlandi.
Banknotalar
Muomalada turli yillardagi 25, 50, 100, 200, 500, 1000 va 2000 rupiyalik banknotalar mavjud.
1967-yilgacha chiqarilgan barcha banknotalar bekor qilingan. 1967-yil namunasidagi banknotalar 1988-yilda muomaladan chiqarilgan.
Valyuta kursi rejimi
Manbalar
- Бутаков 1987.
- Virtual museum, сайт Банка Маврикия(Inglizcha)
Adabiyotlar
- Бутаков Д.Д., Золотаренко Е.Д., Рыбалко Г.П.. Валюты стран мира: Справочник, 5-е изд., перераб. и доп, М.: Финансы и статистика, 1987.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mavrikiy rupiyasi haqida, Mavrikiy rupiyasi nima? Mavrikiy rupiyasi nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!