Maʼrifat Ubaydullayeva
- Vikipediyada ismi Maʼrifat va familiyasi Ubaydullayeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Maʼrifat Ubaydullayeva | |
|---|---|
| Tavalludi | 4-iyun 1929-yil Chodak qishlogʻi, Pop tumani |
| Mukofotlari | |
Maʼrifat Ubaydullayeva (1929.4.6, Chodak qishlogʻi) – Oʻzbekiston xalq artisti (1983). 1953—1961-yillar Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1961—1992-yillar Andijon viloyat musiqali drama teatrida, 1992-yildan Abbos Bakirov nomidagi Andijon yoshlar teatrida aktrisa. Shirin („Farhod va Shirin“), Xemnolina („Gang daryosining qizi“), Sanam („Aziz va Sanam“), Oyparcha, Nodirabegim („Nodira“), Layli („Layli va Majnun“), Zulxumor („Ravshan va Zulxumor“), Nurxon („Nurxon“), Jamila („Boy ila xizmatchi“), Katarina („Oʻjar qizning quyulishi“), Nigoroyim („Mehrobdan chayon“), Momo („Hayot eshik ortida“), Nargiz („Nargiz“) kabi rollari uning ijodida alohida oʻrin tutadi. Ubaydullayeva lirik va xarakterli rollar ustasi boʻlib, uning ijodi yuqori ovoz, dramatik mahorati, badiiy ifodasi hayotiyligi bilan ajralib turadi. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (2002).
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 4-iyunda tugʻilganlar
- 1929-yilda tugʻilganlar
- Pop tumanida tugʻilganlar
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Maʼrifat Ubaydullayeva haqida, Maʼrifat Ubaydullayeva nima? Maʼrifat Ubaydullayeva nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!