Mehmonnomayi Buxoro

Mehmonnomayi Buxoro — tarixiy asar. XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda kechgan harbiy-siyosiy jarayonlar tarixini oʻrganishda muhim oʻrin tutadi. Fors tilida yozilgan.

Mehmonnomayi Buxoro

Asar Fazlulloh ibn Roʻzbehxon tomonidan 1503–1509-yillar oraligʻida yozilgan. Fazlulloh ibn Roʻzbehxon Muhammad Shayboniy hayotining oxirgi 5—6 yilida u bilan birga yurib, unga hamrohlik qilgan, mashvaratlar va harbiy yurishlarning deyarli barchasida ishtirok etgan hamda koʻrgan-bilganlarini mazkur asariga kiritgan. Bu asar memuar asardan koʻra sayohat kundaligin eslatadi.

Hozirgi kunda asarning faqat 2 ta qoʻlyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan: biri — OʻzR FA Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanadigan asl nusxa sanaladi; ikkinchisi — Istanbulda Nuri Usmoniya kutubxonasida saqlanayotgan, yuqorida qayd qilingan qoʻlyozmadan koʻchirilgan nusxadir. Toshkent nusxasi asosida 1976-yili R. Jalilova tomonidan Mehmonnomayi Buxoroning forsiydan ruschaga tarjimasi va fotofaksimil nashri amalga oshirilgan.

Manbalar

  1. Zamonov 2021, s. 8—9.
  2. Majid 2021, s. 16.

Adabiyotlar

  • Majid A. Shayboniylar davlati (1500–1599). Toshkent: Nasim Kutub, 2024 — 648-bet. ISBN 978-9910-9384-0-5. 
  • Zamonov A. Buxoro xonligi tarixi: metodik qoʻllanma. Toshkent: Bayoz, 2021 — 264-bet. ISBN 978-9943-6372-0-7. 


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mehmonnomayi Buxoro haqida, Mehmonnomayi Buxoro nima? Mehmonnomayi Buxoro nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan