Mehrobdan chayon

Mehrobdan chayon — Oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari. 1928-yilning fevralida tugallangan. Roman ilk bor 1929-yilda Samarqandda nashr etilgan.

Mehrobdan chayon
image
2018-yilgi nashr jildi
Muallif(lar) Abdulla Qodiriy
Mamlakat image Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 2018-yil
Nashriyot Sharq nashriyoti
Sahifalar soni 288 bet
ISBN ISBN 978-9943-26-778-7

Keyinchalik roman koʻp marta qayta nashr etilgan. Xususan, 1994-yilda roman Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda (tiraji 60 ming nusxa), 2016-yilda „Noviy vek“ nashriyoti, 2008 va 2018-yillarda „Sharq“ nashriyotida qayta nashr etilgan. Rus tiliga 1961-yilda Lidiya Bat va Vera Smirnova tomonidan tarjima qilingan.

Roman yozilgan paytda SSSRda mavjud boʻlgan rasmiy yoʻriqnomalarga koʻra, antiklerikal va antifeodal xarakterga ega boʻlib, islom dinshunoslari va inqilobdan oldingi „Oʻrta Osiyo feodalizmi“ni tanqid qiladi, xalqdan chiqqan kishilarning axloqiy fazilatlarini ulugʻlaydi.

Yuriy Agzamov tomonidan 1973-yilda roman asosida „Побег из тьмы“ nomli film suratga olindi.

Manbalar

  1. „«Mehrobdan chayon» Abdulla Qodiriy“. 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  2. „«Mehrobdan chayon», Abdulla Qodiriy“. 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.

Havolalar

  • „Mehrobdan chayon“ Kitobxon saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mehrobdan chayon haqida, Mehrobdan chayon nima? Mehrobdan chayon nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan