Meksika qoʻltigʻi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Meksika (Amerika) qoʻltigʻi - Atlantika okeanidagi yarim berk dengiz, Shimoliy Amerikaning janubi-sharqiy qirgʻoqlari yaqinida, Florida va Yukatan yarim orollari va Kuba oraligʻida. Maydoni - 1555 ming km². Chuqurligi - 3822 m gacha. Florida boʻgʻozi orqali Atlantika okeani bilan, Yukatan boʻgʻozi orqali Karib dengizi bilan tutashgan. Missisipi daryosi qu-yiladi. Iqlimi janubda tropik, shimolda subtropik iqlim, havo temperaturasi avgustda 28°, fevralda 14—15°. Yillik yogʻinga (1000–1200 mm) nisbatan bugʻlanish (1000–1750 mm) koʻp. Yoz va kuz oylarida tez-tez dovullar boʻlib turadi. Suvining temperaturasi yuza qismida 29°, sayoz joylarida 30—ZG, salqin mavsumda 18—25°. Shoʻrligi 36—36,9%o. Yuzaoqimlar, asosan, soat strelkasi yoʻnalishida harakat qiladi. Meksika qoʻltigʻiga Karib dengizidan Yukatan oqimi kiradi. Qoʻltiqdan Golfstrim boshlanadi. Suv qalq-ishi sutkalik, 0,3—0,6 m gacha. Meksika qoʻltigʻining shelf qismida baliq, ustritsa, krevetka, langusta va dengiz toshbaqasi ovlanadi. Qoʻltiqning shim.gʻarbiy shelf qismida yirik neft konlari topilgan. Asosiy portlari: Yangi Orlean (AQSH), Verakrus (Meksika) va Gavana (Kuba).

Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Meksika qoʻltigʻi haqida, Meksika qoʻltigʻi nima? Meksika qoʻltigʻi nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!