Mikronez tillari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mikronez tillari - avstronez tillari oilasining Okeaniya tillari guruhiga mansub, Mikroneziya (Kiribati, Nauru, Marshall, Karolina va boshqa orollar)da tarqalgan tillar (nauru, kiribati, sonsorol, kuoape, yap, ponape, pingelap, mokil, truk va boshqalar). Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 200 mingdan ortiq. Fonetik jihatdan Mikronez tillari bir qancha oʻxshashliklarga ega, birok, unli va undoshlarning miqdori, talaffuzi boʻyicha oʻzaro farq qiladi. Feʼl kategoriyalarining shakllari bir necha usul (qoʻshimcha qoʻshish, soʻzlar takrori, soʻz qoʻshish) bilan ifodalanadi. Olmoshlar tizimi (tur va shakllari) ancha murakkab. Mikronez tillari adabiy tillar darajasigacha rivojlanmagan; koʻpchiligi lotin alifbosi asosidagi yozuvga ega. Mikronez tillarini lingvistik jihatdan oʻrganish (til oʻrganish markazi — Gonolulu shahri) 20-asrning 40-yillaridan boshlangan.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mikronez tillari haqida, Mikronez tillari nima? Mikronez tillari nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan