Mirsaid Mirrahimov
Mirrahimov Mirsaid Mirrahimovich (ruscha: Мирсаид Мирхамидович Миррахимов) – vrach-terapevt, tibbiyot fanlari doktori, professor, Qirgʻiziston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi, SSRI, Nyu-york tibbiyot fanlari akademiyakari aʼzosi. SSSI oliy soveti deputati. Ijtimoiy mehnat qahramoni. Millati Oʻzbek.
Mirsaid Mirrahimov | |
---|---|
Tavalludi | 27-mart 1927-yil Bishkek, Qirgʻiz ASSR |
Vafoti | 2-oktyabr 2008-yil (81 yoshda) Bishkek, Qirgʻiziston |
Fuqaroligi | ![]() |
Taʼlimi | Qirg'iziston davlat tibbiyot akademiyasi |
Kasbi | Kardiolog |
Millati | oʻzbek |
Turmush oʻrtogʻi | Nelya Yarrulovna Yusupova |
Hayoti
Mirsaid Mirrahimov 1927-yilda Frunza (hozirgi Bishkek) shahrida musiqachilar oilasida tavallud topgan. 1934-yili 7 yoshga toʻlganida 1-sinfga borgan. Ota-onasi uni oʻzbek tilida taʼlim beruvchi toʻliq emas oʻrta-taʼlim maktabida oʻqitadilar. Maktab yillaridayoq Mirrahimov oʻz doʻstlaridan ijobiy hislatlari bilan ajralib turgan. Hamma bolalar kabi oʻynoqi boʻlgan emas, yoshligidan kitob oʻqishni yoqtirgan. Maktabda oʻqib yurganda shaxmat oʻynashni oʻrgangan. 1948-yili, 21 yoshida Qirgʻiziston davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. 1955-yilda „Tibbiyot ilmlari doktori“, 1966-yili „professor“, 1974-yili Qirgʻiz SSRi ilmlar akademiyasi Akademiki, 1988-yili SSRI tibbiyot fanlar akademiyasi Akademiki va 1993-yili Markaziy Osiyo kordiologlar assotsatsiyasi direktori lavozimlarini egallagan. 3 farzandning otasi. 2008-yili, 2-oktabrda vafot etgan va Bishkekdagi Ala-Archa mozoriga koʻmilgan.
Qoʻshimcha maʼlumotlar
- SSRI oliy soveti deputati;
- Frunza shahar kengashi deputati;
- Qirgʻiz SSRi Oliy kengash duputati (3 marotaba);
- Markaziy Osiyo „Tibbiyot“ jurnali bosh direktori;
- „MDH Kardioligiyas“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari;
- „Odam biyologiyasi“, „Xemoretseptor“ xalqaro assotsotsiyalari aʼzosi;.
Ijodi
700dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. Ulardan: 39 monografiya, 63 ilmiy maqola, referatlar va koʻplagan tibbiyoy maqolalari. 19ta kashfiyot muaalifi.
Mukofotlari
- 1961-yili „Hurmat belgisi“ ordeni (ikki marotaba);
- 1976-yili „Oktabr revolyutsiyasi“ ordeni;
- 1977-yili „SSRI sogʻliqni saqlash aʼlocisi“, „QR xalq aʼlochisi“, SSRI oliy soveti toʻrt hurmat gramotasi;
- SSRI, QR Davlat mukofoti laureati fan va texnika sohasida;
- 1978-yili Qirgʻiziston Respublikasi Davlat mukofoti laureati;
- 1981-yili V. I. Lenin ordeni;
- 1987-yili „Ijtimoiy mehnat qahramoni“ (oltin yulduz) medali.
- 2000-yil „2000-yil Odami“ (Qirgʻiziston)
Havolalar
- Mirsaid Mirrahimov (Wayback Machine saytida 2014-03-24 sanasida arxivlangan), knews.kg (rus.)
- Mirsaid Mirrahimov, Geroi strany (rus.)
- Mirsaid Mirrahimov, Akademiklar ensiklopediyasi (rus.)
- Mirsaid Mirrahimov, Kto ets' kto (rus.)
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mirsaid Mirrahimov haqida, Mirsaid Mirrahimov nima? Mirsaid Mirrahimov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!