Mixail Yeremchuk
Mixail Yeremchuk (belaruscha: Міхаіл Ерамчук; ruscha: Михаил Еремчук; 1980-yil 14-noyabrda Rechitsada tugʻilgan) – nafaqadagi belaruslik professional futbolchi. Maydonda yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2013-yildan boshlab murabbiylik faoliyatiuni boshlagan va 2015-yilda Rechitsa-2014 futbol klubida bosh murabbiyi boʻlgan. 2025-yilda Buxoro futbol klubida bosh murabbiy Ulugʻbek Baqoyevga yordamchilik qilmoqda.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mixail Viktorovichh Yeremchuk | ||
Tavallud sanasi | 14-noyabr 1980-yil | ||
Tavallud joyi | Rechitsa, Belorussiya SSR | ||
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1997—2000 | Vedrich-97 Rechitsa | 79 | (6) |
2001 | Gomel | 0 | (0) |
2002—2004 | Vedrich-97 Rechitsa | 73 | (26) |
2005—2009 | MTZ-RIPO Minsk | 121 | (12) |
2010—2011 | Belshina Bobruisk | 56 | (3) |
2012 | Naftan Novopolotsk | 5 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2013—2014 | Rechitsa-2014 (yordamchi) | ||
2015 | Rechitsa-2014 | ||
2016 | DSK Gomel | ||
2016 | Torpedo (Mogilyov) | ||
2018—2021 | Energetik BGU (murabbiy) | ||
2021—2024 | Soʻgʻdiyona (murabbiy) | ||
2025— | Buxoro (murabbiy) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2012-yil 5-dekabr uchun) |
Futbolchilik faoliyati
Futbolchilik faoliyatini Rechitsa shahridagi „Vedrich-97“ klubida boshlagan boʻlib, u yerda 2004-yilgacha tanaffuslar bilan oʻynagan. Soʻngra poytaxtning „MTZ-RIPO“ va Bobruysk shahrining „Belshina“ jamoalarida muvaffaqiyatli oʻyin koʻrsatgan. 2012-yil fevral oyida Novopolotsk shahridagi „Naftan“ klubiga oʻtgan. 2012-yilgi mavsumning yakunida Novopolotsk jamoasini tark etib, futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
2013-yil iyun oyida Rechitsa shahridagi „Vedrich-97“ futbol klubining vaqtincha bosh murabbiyi etib tayinlangan. U boshchilik qilgan jamoa qisqa muddat ichida Rechitsa klubi turnir jadvalining pastki qismidan oʻrtasiga koʻtarilgan. 2013-yil iyulda Aleksandr Brazevich bosh murabbiy etib tayinlangach, u klubning katta murabbiyi lavozimida qolgan.
2015-yil martda Aleksandr Brazevich klubdan ketgach, Yeremchuk Birinchi liga boshlanishidan oldin jamoaning bosh murabbiyi boʻlgan. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli „Rechitsa-2014“ asosiy oʻyinchilarini yoʻqotdi va jamoa tez orada jadvalning oxirgi oʻrniga tushib qoldi. Mavsumning ikkinchi yarmida oʻyin yaxshilandi, lekin Rechitsa klubi jadvalning soʻnggi qatoridan chiqib keta olmadi. Mavsum yakunida esa klubning tarqatib yuborilganligi maʼlum boʻlgan.
2016-yil boshida u asosan „Rechitsa-2014“ jamoasining sobiq oʻyinchilaridan tashkil topgan qayta tiklangan „DSK-Gomel“ jamoasini boshqarishga rozilik berdi, biroq soʻnggi daqiqada klub Ikkinchi ligada ishtirok etishdan voz kechdi. 2016-yil 1-iyulda Yeremchuk Mahiljouning „Torpedo“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan. U 2016-yilgi mavsum oxirigacha jamoani boshqardi, shundan soʻng jamoani tark etdi.
2018-yildan boshlab Minskning „Energetik-BGU“ klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritdi, 2021-yil iyun oyida esa Oʻzbekistonning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan.
F.Skorina nomidagi Gomel davlat universiteti hamda Belarus Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv akademiyasini tamomlagan.
Yutuqlari
Futbollchi sifatida
- MTZ-RIPO Minsk
- Belarus kubogi gʻolibi: 2004–05, 2007–08
- Naftan Novopolotsk
- Belarus kubogi gʻolibi: 2011–12
Shaxsiy sovrinlari
- Davlat mukofotlari
- Doʻstlik ordeni (2025-yil 6-iyun, Oʻzbekiston).
Manbalar
- „Футбол. Михаил Еремчук будет тренировать "Ведрич-97" вместо Леонида Савицкого“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-avgust.
- „Александр Бразевич возглавил "Ведрич-97"“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-avgust.
- „Александр Бразевич покинул пост главного тренера "Речицы-2014"“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-avgust.
- „Еремчук возглавил могилевское «Торпедо»“. 2018-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
- „Футбол. Сергей Омельянчук вошел в тренерский штаб "Энергетика"-БГУ, Михаил Еремчук покинул клуб“. 2022-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
- „Тренерский штаб - Энергетик БГУ“. 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
- Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 6 iyunya 2025 goda „O nagrajdenii gruppi chlenov i trenerov Natsionalnoy sbornoy komandi Uzbekistana po futbolu“
Havolalar
- Mixail Yeremchuk Soccerway saytida
- Mixail Yeremchuk Footballfactsru saytida
- Mixail Yeremchuk Transfermarkt saytida
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mixail Yeremchuk haqida, Mixail Yeremchuk nima? Mixail Yeremchuk nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!