Moʻylovli baliqlar

Moʻylovli baliqlar (Barbus) -karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Daryo va koʻllarda yashaydi yoki oʻtkinchi baliqlar. Ogʻzi yonida ikki juft moʻylovi, orqa suzgichida tishchalari, baʼzan silliq tikani boʻladi. Koʻpchilik turlari Afrika va Osiyoning tropik, Yevropaning iliq suvlarida yashaydi. Orol moʻylovli baligʻi (B.brachycephalus)ning uz. 1 m gacha, vazni 20 kg gacha. 5—6 yilda voyaga yetadi. Uvildiriq tashlash uchun may—iyul oylarida Amudaryo va Sirdaryoga oʻtadi. 540,7 ming tagacha tuxum qoʻyadi. Uvildiriqlari yirik, pelagik (suvda qalqib turadi). Orol dengizida, asosan, mollyuskalar bilan oziqdanadi. Moʻylovli baliqlar ovlanadi. Hozir soni keskin kamayib ketgan.

Moʻylovli baliqlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Moʻylovli baliqlar haqida, Moʻylovli baliqlar nima? Moʻylovli baliqlar nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan