Mstislav Rostropovich

Vikipediya, erkin ensiklopediya
image
Mstislav Rostropovich

Mstislav Leopoldovich Rostropovich (1927.27.3, Boku — 2007.27.4, Moskva) — violonchelchi, dirijyor, jamoat arbobi. Xalq artisti (1966). 20-asr musiqa sanʼati atoqli namoyandasi. Dastlabki musiqa saboqlarini otasidan olgan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1946). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1948— 74), ayni paytda Moskva (194874) va Leningrad (1967—74) konservatoriyalarida oʻqituvchi, professor (1968), Katta teatr dirijyori (1968—71); Vashingtondagi Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori (1977—94). Ijro uslubiga koʻtarinki ruh, teran mazmun, mukammal kompozitsiya hissiyoti xos. Repertuaridan violonchel uchun deyarli barcha mumtoz va yirik zamonaviy asarlar oʻrin olgan. 20-asrning eng mashhur kompozitorlari (jumladan, S. Prokofyev, B. Briten, O. Messian, A. Shnitke, D. Shostakovich va boshqalar) unga bagʻishlab asarlar yozishgan. S. Rixter, E. Gilels, L. Kogan va D. Oystraxlar bilan turli ansambdda chalgan. "Rostropovich fondi", "Vishnevskaya — Rostropovich" xayriya jamgʻarmalarining prezidenti. Musiqa ijodi hamda xayriya faoliyati uchun 30 ga yaqin Yevropa, Osiyo, Amerika davlatlarining oliy mukofot va ordenlari bilan mukofotlangan. Jahon boʻylab (jumladan, Oʻzbekistonda ham) gastrolda boʻlgan.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mstislav Rostropovich haqida, Mstislav Rostropovich nima? Mstislav Rostropovich nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan