Muhriddin Holiqov
Muhriddin Xoliqov (1959-yil 5-sentyabr, Namangan viloyati, Namangan tuman – 2001-yil 21-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek qoʻshiqchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi.
Muhriddin Xoliqov | |
---|---|
Tavalludi | 5-sentyabr 1959-yil Namangan, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti | 21-noyabr 2001-yil (42 yoshda) Toshkent |
Janrlar | Vokal, anʼanaviy musiqa |
Kasbi | Qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 1980—2001 |
Fuqaroligi | ![]() ![]() |
Ota-onasi | Jaloliddin Xoliqov |
Mukofotlari | ![]() ![]() |
Hayoti
Muhriddin Holiqov 1959-yil 5-sentyabrda Namangan viloyati, Namangan tumanida tugʻilgan. Oilada oʻzidan tashqari ukasi Xusniddin va Shahobiddin Xoliqov ham voyaga yetgan. Ilk bor „Parizod“ qoʻshigʻi bilan chiqish qilgan. Birinchi ustozi Sherali Joʻrayev boʻlgan. Ozodbek Nazarbekov, Abdulla Qurbonov, Anvar Sanayev kabi mashhur shogirdlari bor. Faoliyati davomida 20 ga yaqin konsert bergan. Oxirgi konserti 2000-yilda boʻlib oʻtgan.
Xotirasi
2012-yil 5-sentyabr kuni „Xalqlar doʻstligi“ sanʼat saroyida „Ustozlar izidan“ nomi ostida Muxriddin Xoliqov xotirasiga bagʻishlangan kecha boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandi.
Oilasi
Muhriddin Holiqovning 4 nafar farzandi bor.
Mukofotlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2025-yil)
Ijodi
Qoʻshiqlari
- „Qiz bola“
- „Parizod“
- „Toparman“
- „Nargiz“
- „Boqma“
- „Dildora“
- „Bu dunyo“
- „Besh kunlik dunyo“
- „Alamli dunyo“
- „Janon“
- „Bugun seni uzatamiz“
- „Layli“
- „Komila qiz“
- Sumbula
- „Ey nozanin dilbar“
- „Bolalar uyining bolasi“
Filmografiyasi
- Hay-hay oʻlan – 1999—2000
- Vatan – 2006
Manbalar
- „Мухриддин Холиков (Muxriddin Xoliqov) / биография“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 23-avgust 2025-yil.
- „Мухриддин Холиков - биография и личная жизнь“. www.biographe.ru. Qaraldi: 23-avgust 2025-yil.
- „Мухриддин Холиков – биография, личная жизн“. www.24smi.org. Qaraldi: 23-avgust 2025-yil.
- „O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida“ (2025-yil 23-avgust). Qaraldi: 2025-yil 23-avgust.
- „Мустақилликнинг 34 йиллик байрами «Ватан учун, миллат учун, халқ учун!» ғояси остида ўтказилади“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 23-avgust 2025-yil.
- „Президент қатор фан, таълим, соғлиқни сақлаш, спорт, адабиёт, маданият вакилларини мукофотлади“. www.platina.uz. Qaraldi: 23-avgust 2025-yil.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Muhriddin Holiqov haqida, Muhriddin Holiqov nima? Muhriddin Holiqov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!