Muzaffar Soliyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Muzaffar va familiyasi Soliyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev
image

Muzaffar Soliyev 2019-yilda
image
 Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy, kommunal xizmatlar vaziri
Mansab davri
2017-yil 5-iyuldan – 2021-yil 14-yanvargacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Oripov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Sherzod Hidoyatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-may 1975-yil (1975-05-22) (50 yosh)
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat texnika universiteti
Unvoni Polkovnik

Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev (Музаффар Холдарбоевич Солиев, 1975-yil 22-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2021-2023-yillarda Nurafshon shahar hokimi, 2017—2021-yillarda Oʻzbekiston uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri.

Biografiya

| ]

1997-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.

1997—1999-yillarda Harbiy xizmatni oʻtagan.

1999—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi moddiy-texnik va harbiy taʼminot xizmatlarida turli lavozimlarda ishlagan.

2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari boʻlgan.

2017-yil 5-iyulda „Oʻzkommunxizmat“ agentligi negizida tashkil etilgan Uy-joy, kommunal xizmatlar vazirligiga rahbar etib tayinlandi.

2021-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan „ishidagi kamchiliklar, qayta-qayta ogohlantirishlardan xulosalar chiqarilmaganligi uchun“ ishdan boʻshatilgan. Uning oʻrniga Sherzod Hidoyatov uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri etib tayinladi

15-yanvar kuni Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi va 2023-yil 6-aprelda ushbu lavozimdan ozod qilindi. Shu kuni qamoqqa olingani aytilgan.

2024-yil mart oyi boshlarida uning ishi jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudida koʻrib chiqilishi boshlangan. Sud hukmi bilan mamlakat Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasida (mansab soxtakorligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. 7 yillik qamoq jazosiga tortilishi bilan birga 3 yil mobaynida moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan ham mahrum etilgan. U soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritib hujjatlar tuzish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar orqali pul mablagʻlarini naqdlashtirib, ularni uyushgan guruh aʼzolari oʻrtasida taqsimlash orqali moddiy daromad orttirish maqsad qilgani aytilgan.

Manbalar

| ]
  1. „Нурафшон шаҳри ҳокими Музаффар Солиев ишдан олинган“. kun.uz.
  2. „САЛИЕВ Музафар Холдарбаевич“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  3. Kun uz. „Шерзод Хидоятов будет назначен министром жилищно-коммунального обслуживания“ (ru). Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  4. „Нурафшон шаҳри ҳокими Музаффар Солиев ишдан олинди“ (ru-UZ).
  5. „Бывший министр ЖКХ Узбекистана осуждён на 7 лет“.
  6. Muzaffar Soliyev ishdan olindi. U javobgarlikka tortilishi mumkin
  7. Sobiq vazir yetti yilga qamaldi

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Muzaffar Soliyev haqida, Muzaffar Soliyev nima? Muzaffar Soliyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan