Nabijon Hasanov
- Vikipediyada ismi Nabijon va familiyasi Hasanov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nabijon Azimovich Hasanov (1913, Samarqand – 1972.28.8, Toshkent) – oʻzbek bastakori va sozandasi (gʻijjak), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1967). Dastlab, Tolib Sodiqovdan nay va gʻijjak chalishni, oʻrgangan. Andijon teatrida sozanda (1927—29), Samarqand teatrida sozanda (1930—32), musiqa rahbari (1932-35, 1938—39) va bosh dirijyor (1945—47), Oʻzbek davlat musiqali teatri (1936—37), Navoiy teatri xalq cholgʻu asboblari ansambli (1939—44)da musiqa rahbari, Oʻzbekiston radioqoʻmitasi xalq cholgʻu asboblari orkestrida konsertmeyster (1947—52, 1957—72), Oʻzbekiston davlat estradasi ashula va raqs ansamblida sozanda va badiiy rahbar (1952—55). H. „Gʻunchalar“ (Tolib Sodiqov bilan), „Oʻzbekiston qilichi“ (Mutavakkil Burhonov, Toʻxtasin Jalilov va boshqalar bilan) kabi asarlarning mualliflaridan. Bastakorning isteʼdodi koʻproq ashula va qoʻshiqlarda namoyon boʻldi. Ayniqsa uning „Sallamno“, „Koʻrdim“, „Aylanay“, „Jafo qilma“ ashulalari, „Jona-jon oʻlkam“, „Ona Samarqand“, „Gilos“ kabi ommaviy va „Intizor“, „Gulchehralar“, „Charos“ kabi lirik qoʻshiqlari, yalla namunalari („Baxt yallasi“, „Yayra, goʻzal“ va hokazo) mashhur. Ayrim („Sallamno“ va boshqalar) asarlari „Nola“ kabi estrada guruhlari tomonidan yangicha talqin topgan.
Hasanov Nabijon Azimovich | |
---|---|
Tavalludi | 1913 Samarqand, Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi) |
Vafoti | 28-avgust 1972-yil Toshkent, OʻzSSR |
Taʼlimi | Oʻzbekiston konservatoriyasi (1951) |
Kasbi | bastakor, sozanda |
Dini | Islom |
Mashhur ishlari |
|
Unvoni | ![]() |
Unvonlari
Nabijon Hasanov 1950-yilda „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan, 1967-yilda esa „Oʻzbekiston SSR xalq artisti“ unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
- „НАБИЖОН ҲАСАНОВ“. ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ. Qaraldi: 22-dekabr 2024-yil.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
- Nabijon Hasanovga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() ![]() | Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nabijon Hasanov haqida, Nabijon Hasanov nima? Nabijon Hasanov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!