Najim Dovqorayev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Dovqorayev Najim (1905.5.10, Qoʻngʻirot tumani — 1953.20.7, Nukus) — qoraqalpoq adabiyotshunosi, dramaturg va adib. Filologiya fanlari doktori (1951). Olmaota pedagogika institutini tamomlagan (1926—30). Ural pedagogika institutida oʻqituvchi (1932), Toʻrtkoʻl oʻqituvchilar tayyorlash institutida kafedra mudiri (1934), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939—42), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining badiiy havaskorlik ishlari boʻyicha boʻlim mudiri (1942— 44), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1946—48), Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi tasarrufidagi madaniyat va iqtisodiyot instituti direktori (1948—53). D. "Adabiyot xrestomatiyasi" (I. Sagitov bilan hamkorlikda, 1937), "Qoraqalpoq xalq ertaklari" (1949), "Berdaq shoir" (1950) kabi risolalar muallifi. "Qoraqalpoq adabiyoti tarixi ocherki" qoʻllanmasi D. vafotidan soʻng nashr qilingan (1959— 61). "Ravshan", "Xizmatchi yuragi" kabi sahna asarlari, ayniqsa, "Alpomish" (1940) musiqali dramasi qoraqalpoq dramaturgiyasining yetuk namunalaridan biri hisoblanadi. "Koʻp kunlardan biri" (1929), "Bibixon" (1936), "Baxtli mehnat" (1949) va b. qissa qamda hikoyalari bor. Badiiy tarjima bilan ham shugʻullangan. Oʻzbekiston Respublikasi FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi Til va adabiyot institutiga D. nomi berilgan. 3 jildli "Tanlangan asarlar"i chop etilgan (1970—81).
Adabiyot
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 1905-yilda tugʻilganlar
- 1953-yilda vafot etganlar
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Najim Dovqorayev haqida, Najim Dovqorayev nima? Najim Dovqorayev nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!