Nasirdin Boytemirov

Nasirdin Boytemirov (1916, Chu tumani Kegeti qishlogʻi — 1996, Bishkek) — Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1986). Adabiyot institutini bitirgan (Moskva, 1955). Dastlab oʻqituvchi, keyinchalik respublika gazetada maxsus muxbir. "Azamat" (1948), "Saltanat" (1949), "Oxirgi oʻq" (1955), "Tarix esdaligi" (1966) va boshqa asarlarida Ikkinchi jahon urushi janglari, urushdan keyingi qayta qurish voqealari oʻz ifodasini topgan. "Qizil yoʻllik" (1964), "Urquya" (1976), "Adiku" (1984), "Turmush shunday" (1986) va boshqa roman, povest, pyesalarida qirgʻiz mehnatkashlarining turmush tarzi aks etgan. Sheʼr va dostonlardan iborat "Yurak kuylari" (1955), "Muhabbatim — qanotim" (1981) toʻplamlari bor. "Ertaklar" (1939) toʻplami bolalarga bagʻishlangan. Baʼzi sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

image
Байтемиров, Насирдин

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nasirdin Boytemirov haqida, Nasirdin Boytemirov nima? Nasirdin Boytemirov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan