Nazar Matchonov
- Vikipediyada ismi Nazar va familiyasi Matchonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nazar Matkarimovich Matchonov (1.1.1923 — 30.7.2010) — Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1970—1978).
| Nazar Matkarimovich Matchonov | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi | |
| Mansab davri 28-dekabr 1970-yil – 1978-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Yodgor Nasriddinova |
| Vorisi | Inomjon Usmonxoʻjayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-yanvar 1923-yil Xiva, Xorazm. |
| Vafoti | 30-iyul 2010-yil (87 yoshda) Toshkent |
| Mukofotlari | |
Tarjimai hol
Hunarmand oilasida tugʻilgan.
Taʼlim
1949-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Veterinariya fanlari doktori (1969), professor (1971).
Mehnat faoliyati
1949-1959 yillarda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh veterinariya vrachi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi veterinariya boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi veterinariya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1959—1960-yillarda Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, 1960—1961-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasi kotibi, 1961-yilda Buxoro viloyat kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, 1962—1965-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, 1961-1962 yillar-Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, 1965—1970-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti kotibi, 1970—1978-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, 1966—1978-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti byurosining aʼzosi. SSSR Oliy Kengashi 7-8 chaqiriq deputati vazifalarida ishlagan. 1978-yil dekabrdan nafaqaga chiqqan.
1978—1989-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti direktori, 1989—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti gelmintologiya laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi kabi ilmiy vazifalarda ham ishlagan.
Manbalar
- [1]
- Государственная власть СССР. Высшие органы власти и управления и их руководители. 1923—1991 гг., 28-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 13-sentyabr 2017-yil
{{citation}}: CS1 maint: date format ()
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nazar Matchonov haqida, Nazar Matchonov nima? Nazar Matchonov nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!