Nikotin kislotasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
image

Nikotin kislotasi, piridin 3-karbon kislota — suvda oz eriydigan rangsiz kristall. B vitamin guruhiga mansub, suyuqlanish temperaturasi 236—237°. Organizmda keng tarqalgan. Sut, baliq, sabzavotlar-mevalar, achitqi, bugʻdoy kepagi, goʻsht, ayniqsa, jigar va buy- rakda koʻp. Nikotin kislotasi amidi — nikotinamid (qarang Vitaminlar) kofermentlar — nikotinami-dadenindinukleotid (NAD) va nikotinamid-adenindinukleotidfosfat (NADF) tarkibiga kiradi. Nikotin kislotasi ning organizmdagi ahamiyati meʼda-ichak yoʻllari epidermasi va epiteliysini hamda nerv sistemasi funksiyasini normal holatda tutib turishdan iborat. Kishining Nikotin kislotasiga boʻlgan bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 20–30 mg. Nikotin kislotasi yetishmasa, pellagra kelib chiqadi. Nikotin kislotasi pellagradan tashkari, meʼda-ichak kasalliklari, ateroskleroz va boshqa kasalliklarni davolashda ham ishlatiladi. Sanoatda nikotinni oksidlab olinadi.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nikotin kislotasi haqida, Nikotin kislotasi nima? Nikotin kislotasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan