Nodir devonbegi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada ismi Nodir boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nodir Muhammad
Buxoroning devonbegi
Mansab davri
1612 – 1642
Monarx Imomqulixon
Hokim Samarqanda
Mansab davri
1632 – 1633
Monarx Imomqulixon
Oʻtmishdoshi Yalangtoʻsh Bahodir
Vorisi Yalangtoʻsh Bahodir
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1568-yil
Buxoro, Buxoro xonligi
Vafoti 1644-yil
Makka, Usmonli imperiyasi
Dafn etilgan joyi Saudiya Arabistoni

Nodir Muhammad devonbegi (oʻzbekcha: Nadir Muhammad; 1568-yil, Buxoro, Buxoro xonligi – 1644-yil, Makka Usmonli imperiyasi) – buxorolik siyosatchi, oʻzbeklarning Orlot urugʻidan boʻlgan moliya vaziri.

Biografiyasi

| ]

Nodir Muhammad 1568-yil Buxoroda tugʻilgan. Nodir Muhammad ona tomondan ashtarxoniylar xoni Imomqulixonning amakisi boʻlib, devonbegi – moliya vaziri lavozimini egallagan, shuning uchun uni baʼzan Nodir devonbegi togʻay deb ham atashgan. Amalda u xonning vaziri sifatida faoliyat olib borgan. Nodir devonbegi oʻzbeklarning Orlot qabilasidan boʻlib, 1632—1633-yillarda Samarqand viloyati hokimi boʻlgan.

Binolari

| ]

1619—1620-yillarda Nodir devonbegi oʻz hisobidan Buxoroda xonaqoh qurdirgan. Roʻparasida Nodir devonbegi madrasasi oʻrin egalladi. Bu tarixiy yodgorliklar Labihouz ansamblining bir parchasidir.

1622—1623-yillarda Nodir devonbegi Buxoroda karvonsaroy sifatida monumental bino qurdirgan, keyin esa u Nodir Devonbegi madrasasiga aylantirilgan.

Nodir devonbegi 1632-yilda Samarqanddagi Xoja Ahror mozori yonida katta madrasa qurdirgan. Madrasa qurulishida xonaqoh uchun foydalaniladigan meʼmoriy uslubdan foydalanilgan. Muassasa qurilishi 1635—1636-yillarda tugallangan. Shuningdek, Samarqand masjidi ham qurilgan.

image
Nodir devonbegi madrasasi

Oʻlimi

| ]

Imomqulixon umrining soʻnggi yillarida, yaʼni 1642-yilda ukasi Nodir Muhammad (1642—1645) foydasiga taxtdan voz kechdi va hajga boradi. Nodir devonbegi Imomqulixonga safarda hamrohlik qildi. Imomqulixon 1644-yilda Makkada vafot etib, Madinada dafn etilgan. Nodir Muhammad devonbegi 1644-yil Makkada vafot etgan va jiyani yoniga dafn etilgan.

Manbalar

| ]
  1. Ziyaev A., „Silsilat as-salatin“ kak istoricheskiy istochnik. T., 1990, s.56
  2. http://www.vostlit.info/Texts/rus11/Munschi_Yusuf/framepred.htm Munshi M. Yu. Mukim-xanskaya istoriya – Tashkent: AN UzSSR, 1956

Adabiyotlar

| ]
  • Burton Audrey.. The Bukharans. A dynastic, diplomatic and commercial history 1550−1702, Curzon, 1997. 
  • Istoriya Uzbekskoy SSR / Otv. red. Ya. G. Gulyamov – Tashkent, 1967. – T. 1.
  • Istoriya Uzbekistana – 1993. – T. 3.
  • Ziyaev A. X. „Silsilat as-salotin“ kak istoricheskiy istochnik. Rukopis dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni kandidata istoricheskix nauk. – Tashkent, 1990.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nodir devonbegi haqida, Nodir devonbegi nima? Nodir devonbegi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan