Nortoʻxta Qilich
Nortoʻxta Qilich (1947-yil Buxoroda tugʻilgan) — yozuvchi.
Nortoʻxta Qilich | |
---|---|
Tavalludi | 7-fevral 1947-yil |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Kasbi | yozuvchi |
Hayoti
Nortoʻxta Qilich 1947-yil 7-fevralda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Gʻishti qishlogʻida tugʻilgan. 1971-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ni tamomlagan. Soʻngra, „Buxoro haqiqati“, „Xorazm haqiqati“, „Toshkent oqshomi“ gazetalarida, shuningdek, „Sharq yulduzi“ jurnalida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida faoliyat yuritgan.
Ijodi
Nortoʻxta Qilichning dastlabki hikoyalari 60-yillarda tuman gazetasida nashr etilgan. 1981-yilda ilk hikoyalar toʻplami „Oppoq tong“ nomi ostida bosilib chiqqan. Keyingi yillarda „Yorongul“ (1981), „Moʻjiza“ (1984), „Chigʻiriq“ (1988), „Bayram“ (1991), „505“ (1992), „Iltijo“ (1992) nomli hikoya va qissalar toʻplamlari chop etilgan.
1993-yilda „Vijdon hukmi“ nomli qissa va hikoyalar toʻplami qoraqalpoq tilida bosmadan chiqqan.
Manbalar
- „Norto‘xta Qilich (1947)“. ziyouz.com. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.
- „Norto‘xta Qilich“. arboblar.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nortoʻxta Qilich haqida, Nortoʻxta Qilich nima? Nortoʻxta Qilich nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!