Noyabr revolyutsiyasi

Noyabr Revolyutsiyasi, (olmoncha: Novemberrevolution ) – Germaniyaning Birinchi jahon urushida magʻlubiyatga uchrashi darakchilari boʻlgan ijtimoiy va iqtisodiy tanglik sababli German Imperiyasida 1918-yil noyabrda roʻy bergan revolyutsiya. Revolyutisiya Germaniyada Veymar Respublikasi nomi ostidagi parlament demokratiyasi vujudga kelishiga sabab boʻldi.

Noyabr inqilobi
Noyabr revolyutsiyasi
image
Sanalar 4-noyabr 1918 — 11-avgust 1919
Urush yeri Germaniya
Natija Hukumat gʻalabasi;
Veymar Respublikasining eʼlon qilinishi
Raqiblar
image Kommunistik partiya
  • Bavariya Sovet Respublikasi
  • Spartak ittifoqi
  • Germaniya erkin ishchilari ittifoqi
  • mahalliy kommunistik boʻlinmalar
image German Imperiyasi
  • German Imperiyasi asrmiyasi

image Veymar Respublikasi

  • Reyxsver
  • Fraykor
  • Poʻlat shlem
Qoʻmondonlar
Roza Lyuksemburg †
Kurt Eysner †
Karl Radek
Karl Libknext †
Ernst Toller
Gustav Landauer †
Yevgeniy Levine †
Paul Levi
Erix Lyudendorf

Tarixi

image
Karl Libknextning Berlindagi chiqishi. 1918-yil dekabr.

Revolyutsiya Vilgelmsxafen va Kilda boshlanib, bir necha kun ichida butun Germaniyaga tarqalgan matroslar qoʻzgʻolonidan boshlangan. 1918-yil 9-noyabrda kayzer Vilgelm II urush harakatlarini davom ettirishni jinnilik deb hisoblagan harbiy shtab boshligʻi Vilgelm Gryoner bosimi ostida davlatdan qochib ketadi (Vilgelm II 28-noyabr Niderlaniyada taxtdan rasmiy ravishda voz kechadi). 1918-yil 9-noyabrda Germaniya respublika deb eʼlon qilinadi. Hukumat tepasiga sotsial-demokratik partiya (GSDP) keladi.

Roza Lyuksemburg va Karl Libknext qoʻl ostidagi kommunistlar revolyutsiyaning davom ettirilishi va Germaniyada sovet hukumati eʼlon qilinishi maqsadida sotsial-demokratlarga qarshi 1919-yil yanvarda qoʻzgʻolon koʻtarishadi. Haqiqiy fuqarolik urushining xavfi paydo boʻladi. Qoʻzgʻolon Gustav Noske qoʻl ostidagi Fraykor harbiy otryadlari tomonidan bostirilib, Libknext va Lyuksemburg sudsiz oʻldirilishadi.

Bavariyada xuddi oʻsha fraykor otryadlari tomonidan yoʻq qilingan Ernst Toller boshchiligidagi Bavariya Sovet Respublikasi vujudga keladi.

Urush rasmiy ravishda 1919-yil 11-avgustda respublika prezidenti Ebert Veymar konstitutsiyasini imzolagandan soʻng tugaydi.

Urushdagi magʻlubiyat va qoʻzgʻolon

image
Reyxstagda non tarqatilishi, 1918-yil noyabr.

1918-yilda kelib Germaniyaning urushda magʻlub boʻlishi aniq boʻlib qoldi. Magʻlubiyatning asosiy sabablari esa dushmanlarda askarlar sonining ikki barobar koʻpligi (1917-yil AQSH urushga qoʻshilganligi sababli), qurollar soni boʻyicha dushman ustunligi va olmon askarining yaxshi ovqatlana olmasligi edi. Davlat ichida ochlik keng ravishda tarqaladi. Bu narsa armiyaga ham tegishli edi.

1918-yil kuzida nemis oliy qoʻmondonligi yaxshiroq sulh natijalariga erishish uchun nemis flotini britan flotiga qarshi joʻnatishga qaror qiladi. Bu esa askarlarini aniq oʻlimga joʻnatish bilan teng edi. Matroslarga ularni harbiy tayyorgarlikga joʻnatilishayotganligi haqida aytilganiga qaramasdan, matroslar orasida ularni aldashganligi toʻgʻrisida habarlar tarqaladi.

Manbalar

  1. Manfred Scharrer (verdi): Das patriotische Bekenntnis
  2. Schulze, Weimar. Germany 1917-1933, p. 158

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Noyabr revolyutsiyasi haqida, Noyabr revolyutsiyasi nima? Noyabr revolyutsiyasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan