Odette Giuffrida
| Odette Giuffrida | |
|---|---|
| | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 12-oktyabr 1994-yil Rome, Italiya |
| Vazni | 52 kg gacha |
| Sport | |
| Qaysi sport | dzudo |
| Klubi | Centro Sportivo Esercito |
| Sport mukofotlari | ||
|---|---|---|
| Yozgi Olimpiada oʻyinlari | ||
| Kumush | Rio-de-Janeyro 2016 | 52 kg |
| Bronza | Tokio 2020 | 52 kg |
| Yevropa oʻyinlari | ||
| Bronza | Boku 2015 | 52 kg |
| Dzudo bo'yicha Yevropa chempionati | ||
| Oltin | Praga 2020 | 52 kg |
| Kumush | Lissabon 2021 | 52 kg |
Odette Giuffrida (tugʻ. 1994-yil 12-oktyabr, Rome, Italiya) — italiyalik dzudochi, 52 kg gacha vazn toifasida, Italiya terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori. Dzudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining toʻrt karra bronza medali sovrindori (2011, 2012, 2013, 2014). 2020-yilda Yevropa chempioni. 2016-yil fevral oyida u ayollar dzudo boʻyicha Jahon reytingida Top-10 taligiga kirdi.
Faoliyati
| ]Odette Giuffrida bolaligini Rim chekkasidagi Monte-Sakroda oʻtkazdi. U akasi Salvatore tufayli 6 yoshida dzudo bilan shugʻullana boshlagan.
2009-yilda u xalqaro maydonda debyut qilgan. 2013 va 2014-yillarda u oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. 2011—2014-yillarda u yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 2015-yilda Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan birinchi Yevropa oʻyinlarida u umumjamoa hisobida bronza medali sohibiga aylandi.
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Odette 52 kg gacha vazn toifasida finalga chiqdi va kosovolik dzudochi Majlinda Kelmendiga yutqazdi, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2020-yilda noyabr oyida Pragada (Chexiya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Giuffrida 52 kg gacha vazn toifasida chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. Finalda u ruminiyalik sportchi Andreea Chițudan ustun keldi. 2021-yilda Lissabonda (Portugaliya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 52 kg gacha boʻlgan vazn toifasida italiyalik sportchi finalda fransiyalik Amandine Buchardga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ikkinchi kunida 52 kg gacha vazn toifasida italiyalik uchinchi oʻrin uchun kurashda vengriyalik Réka Puppni magʻlub etib, Olimpiadaning bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Manbalar
| ]- Odette Giuffrida reaches top 10 World Ranking
- „arxiv nusxasi“. 12-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2022-yil.
- Baku 2015. Bronzo a squadre con il Judo femminile
- Odette Giuffrida, 6-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 28-may 2022-yil
{{citation}}: CS1 maint: date format () - Majlinda Kelmendi wins Kosovoʻs 1st Olympic medal
- „arxiv nusxasi“. 27-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2022-yil.
- Odette GIUFFRIDA
- 12-oktyabrda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- 12-oktabrda tugʻilganlar
- Rimda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar
- 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Odette Giuffrida haqida, Odette Giuffrida nima? Odette Giuffrida nimani anglatadi?

Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!