Ordabasi tumani
| ||
| tuman | ||
|---|---|---|
| Tarkibida | Janubiy Qozogʻiston viloyati | |
| Maʼmuriy markazi | Temirlanovka | |
| Asos solingan sanasi | 1969-yil | |
| Akim | Tileubergenov Daniyar Izbasarovich | |
| Aholi (2013) | 115,856 | |
| Zichligi | 42,5 kishi./km² | |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar | |
| Maydoni | 2,726 km² | |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
| Telefon kodi | +7 72530 | |
| Avtomobil raqami kodi | X, 13 | |
| Rasmiy sayti | http://www.ordabasy.gov.kz/ | |
| Xaritada | ||
![]() | ||
| 42°35′40.92″N 69°15′20.16″E / 42.5947000°N 69.2556000°E | ||
Oʻrdabasi tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining janubiy qismida joylashgan. 1969-yili tashkil topgan. 1993-yilgacha Boʻgen tumani deb nomlanib keldi. Maydoni — 2,726 km². Aholisi 115,856 ming kishi. Tuman markazi — Temirlanovka qishlogʻi. Ordabasi tumanining hududi dala-dashtdan iborat.
Aholisi
| ]Tuma aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 115,856 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 1 km2 42,5 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi.
Katta qishloqlari
| ]- Temіrlan
- Toʻrtkoʻl
- Sipataev
- Badam
- Boʻgen
- Qaynar
- Qaraaspan
- Shubar
- Qaraqum
Iqlimi
| ]Tuman iqlimi keskin kontinental. Qishi qisqa, yozi fasli esa uzoq davom etadi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-5 °C, Iyulda 26-28 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200-380 millimetr.
Ijtimoiy soha
| ]Tumanda 66 ta maktab faoliyat yuritadi, uning 37 oʻrta, 12 asosiy, 17 boshlangʻich maktablar. Oʻquvchilar soni — 22212.
- Tibbiyot sohasida: 1 tuman markaziy kasalxonasi, 1 silga qarshi dispanser, 2 qishloq kasalxonasi, 1 BMSK Qaraspan, 8 shifokorlik punkt, 42 MB faoliyat yuritadi.
- Madaniyat sohasida: 1 madaniyat uyi va 1 markaziy kutubxona, bolalar kutubxonasi, 4 qishloq madaniyat va 8 qishloq klubi, 31 qishloq kutubxonalari aholiga hizmat qilmoqda.
Tumanda 21 sport zal faoliyat yuritmoqda. D.Qoʻnaev nomidagi dam olish lageridagi suzish basseyni va standartga mos 1500 — kishilik stadioni bor.
Manbalar
| ]- Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года
- Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari
- Qozoq Ensiklopediyasi, VII- tom
- Qozogʻiston tumanlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ordabasi tumani haqida, Ordabasi tumani nima? Ordabasi tumani nimani anglatadi?





Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!