Oʻrgimchak-odam 2

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻrgimchak-odam 2
Spider-Man 2
image
Film posteri
Rejissyor(lar) Sam Raimi
Prodyuser(lar)
  • Laura Ziskin
  • Avi Arad
Ssenariynavis(lar) Alvin Sargent
Hikoya
  • Alfred Gough
  • Miles Millar
  • Michael Chabon
Rollarda
  • Tobey Maguire
  • Kirsten Dunst
  • James Franco
  • Alfred Molina
  • Rosemary Harris
  • Donna Murphy
Bastakor(lar) Danny Elfman
Kinematografiya Bill Pope
Muharrir(lar) Bob Murawski
Studiya(lar)
  • Marvel Enterprises
  • Laura Ziskin Productions
Distribyutor Columbia Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 2004-yil 22-iyun(2004-06-22) (Mann Village Teatri)
  • 2004-yil 30-iyun(2004-06-30) (AQSh)
Davomiyligi 127 daqiqa
Mamlakat image AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $200 million
Daromadi $783,8 million
Avvalgi film Oʻrgimchak-odam
Keyingi film Oʻrgimchak-odam 3

Oʻrgimchak-odam 2 (inglizcha: Spider-Man 2) 2004-yilda Marvel Comics nashriyotining shu nomdagi personajiga doir komikslari asosida ishlangan Amerikancha superqahramon filmi. Rejissor Sam Raimi hamda ssenarist Alvin Sargent tomonidan suratga olingan film hikoyasi Alfred Gough, Miles Millar va Michael Chabon tomonidan yozilgan. Film Columbia Pictures tomonidan Marvel Enterprises va Laura Ziskin Productions kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan, hamda Sony Pictures Releasing orqali ommaga taqdim etilgan. Raimining O'rgimchak-odam trilogiyasidagi ikkinchi film bo'lib, O'rgimchak-odam (2002) filmiga sikvel hisoblanadi. Filmda bosh rolda aktyor Tobey Maguire Peter Parker/ O'rgimchak-odam sifatida, Kirsten Dunst, James Franco, Alfred Molina, Rosemary Harris va Donna Murphy'lar bilan bir qatorda suratga tushishgan. Trilogiyaning birinchi filmidagi voqealaridan 2 yil o'tib, olim Dr. Otto Octavius o'z tajribasi orqali ayolidan ayriladi va aqliy tomondan o'zi yaratgan qisqich oyoqlarga bog'lanib qoladi, Film davomida Peter Parker olimning baxtsiz hodisaga sabab boʻlgan tajribasini yana qayta yaratishni oldini olish bo'yicha kurashadi, shu qatorda u o'zining superahramonligini yashirishda davom etish orqali shaxsiy hayotida o'zining qobiliyatlari bilan kechadigan muammolarni hal qilishda davom etadi.

Suratga olish ishlari 2003-yil aprel oyida Nyu York shahrida boshlangan va Los Angelesda ham davom ettirilgan. Qayta suratga olish esa shu yili oxirlarida sodir boʻlgan va Dekabrda to'liq yakuniga yetgan. Bastakor Danny Elfman trilogiyaning davomiga yana qaytgan.

Manbalar

| ]
  1. „Spider-Man 2“. British Board of Film Classification. — „127m 12s“. Qaraldi: 22-iyul 2015-yil.
  2. „Spider-Man 2 (2004)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 5-fevral 2009-yil.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oʻrgimchak-odam 2 haqida, Oʻrgimchak-odam 2 nima? Oʻrgimchak-odam 2 nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan