Otajon Xudoyshukurov

Otajon Xudoyshukurov (1944-yil 10-aprel, Oʻzbekiston SSR, Xorazm viloyati, Toʻrtkoʻl tumani – 1994-yil 22-dekabr, Oʻzbekiston, Xorazm) – xonanda. Qoraqalpogʻiston (1969), Oʻzbekiston (1977), Tatariston (1981) va Turkmaniston (1993) xalq artisti.

Otajon Xudoyshukurov
Tavalludi 10-aprel 1944-yil
Xorazm
Vafoti 22-dekabr 1994-yil(1994-12-22)
(50 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari imageimage

Ashula aytishni amakisi xonanda Yoʻldosh Olloshukurovdan oʻrgangan, keyingi ustozlari Komiljon Otaniyozov, Nazir qori, J. Bekchonov va boshqa 1963-yildan Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda. Repertuaridan mumtoz ashulalar („Feruz I—II“, „Xorazm Segohi“, „Bozurgoniy“, „Qoʻshchinor“, „Guluzorim“, „Kurd Eshvoyi“, „Samarqand ushshogʻi“, „Toshkent Irogʻi“ va boshqalar), Xorazm doston noma (qoʻshiq)lari („Najab oʻgʻlon“ dostonidan „Kimni sevar yorisan“, „Bahrom va Gulandom“dan „Ayriliq“, „Avazxon“dan „Qalandarim“), kompozitor va bastakorlar asarlari („Koʻzlaring sening“, „Oʻzbekistonim“, „Raʼno boʻlayin deb“, „Sogʻinib keldim“ va boshqalar), shuningdek, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq va qirgʻiz xalq qoʻshiqlari oʻrin olgan. O. Xudoyshukurov sozanda (torchi) va oʻzi aytadigan („Mujgonlaring“, „Olamda bir“, „Birinchi muhabbatim“ kabi 300 dan ortiq) qoʻshiqlarning bastakori sifatida ham tanilgan. O. Xudoyshukurov jozibali, chiroyli tembrli, keng, barcha pardalarda ravon va jarangdor ovoz sohibi. Uning ashulalaridagi ehtiros, shijoat va joʻshqinlik, mazmuniy teranlik kabi xislatlar tinglovchilar qalbidan chuqur joy olgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). 1999-yildan Otajon Xudoyshukurov nomida yosh xonandalarning Respublika tanlovi oʻtkazilmoqda. Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻldagi koʻcha, xiyobon va bogʻlarga O. Xudoyshukurov nomi berilgan. Hozirda Toʻrtkoʻl tumanidagi uning uyida u haqidagi muzey joylashgan borib beʼmalol tomosha qilishingiz mumkin

Unvon va mukofotlari

  • Oʻzbekiston xalq artisti (1977-yil)
  • Qoraqalpogʻiston xalq artisti (1969-yil)
  • Tatariston xalq artisti (1981-yil)
  • Turkmaniston xalq artisti (1993-yil)
  • Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2021-yil);

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.

Havolalar

  • otajon hudoyshukurov - lazgi YouTubeda




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Otajon Xudoyshukurov haqida, Otajon Xudoyshukurov nima? Otajon Xudoyshukurov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan