Oʻzbekistonda din
Oʻzbekistonda din — Oʻzbekistonda turli din vakillari istiqomat qilishadi. Aholining koʻpchiligi, yaʼni taxminan 95 % aholi Islom diniga eʼtiqod qiladi. Qolgan aholi esa Xristian dini, Yahudiylik, boshqa din va mazhablarga eʼtiqod qilishadi.
Musulmonlar
Aholining asosiy qismi eʼtiqod qiladigan Islom dinini „Oʻzbekiston Musulmonlar Idorasi“ nazorat qiladi. Ushbu uyushmani Muftiy nazorat qiladi. Toshkent va Buxoro shaharlarida Islom dini oʻquv yurtlari mavjud. Aholi orasida Islom dinining asosan Hanafiylik mazhabi keng tarqalgan. Shuningdek oz miqdorda Shialik mazhabi eʼtiqodchilari mavjud.
Xristianlar
Aholi orasida Xristianlikning asosan Rus Pravoslav mazhabi keng tarqalgan. Shuningdek xristian mazhablarining eʼtiqodchilari: Katoliklar, Protestantlar, Paptistlar, Adventistlar va Yahova Shohidlari mavjud.
Boshqa dinlar
Shuningdek aholi ichida Yahudiy dini, Buddistlar, Krishnaitlar va boshqa din vakillari mavjud.
2010-yilning 1-iyun kuniga binoan Oʻzbekistonda 2225 ta diniy tashkilot roʻyxatga olingan.
Bular:
- Islom — 2.050
- Koreys Xristian Cherkovi — 52
- Rus Pravoslav Cherkovi — 37
- Baptistlar — 23
- Pyatidesyatniklar — 21
- Yettinchi kun Adventistlari — 10
- Yahudiylik — 8
- Baxailar — 6
- Rim Katolik Cherkovi — 5
- Yangi Apostollar — 4
- Lyuteryanlar — 2
- Arman Apostollik Cherkovi — 2
- Yahova Shohidlari — 1
- Krishnaitlar — 1
- Buddistlar — 1
- Tangri Ovozi Cherkovi — 1
- Injil Jamiyati — 1
Manbalar
- В Узбекистане Адвентисты седьмого дня решили освободить учащихся от учебы, 2014-05-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-02
- АДРЕСА ЕЛЦ
- Осужденные в Узбекистане баптисты подали апелляцию
- В Ферганской области Узбекистана ликвидирована организация "Свидетели Иеговы" (Узбекистан)
- В Узбекистане закрыта секта «Свидетели Иеговы», 2007-10-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-10-11
- „В Узбекистане около 4 % населения составляют последователи Русской православной церкви — Госдеп США“. REGNUM (1 декабря 2010). 2013-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-fevral.
Havolalar
- Религия в Узбекистане
- В Узбекистане действуют 2226 религиозных организаций (Wayback Machine saytida 2010-10-13 sanasida arxivlangan)
- Религия в Узбекистане/Religion in Uzbekistan
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oʻzbekistonda din haqida, Oʻzbekistonda din nima? Oʻzbekistonda din nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!