Podshohxon oyim
| Podshohxon oyim | |
|---|---|
| Qoʻqon xonligi malikasi | |
| Hukmdor | Umarxon (1809—1822) Muhammad Alixon (1822—1841) |
| Buxoro amirligi malikasi | |
| Hukmdor | Amir Nasrulloh (1827—1860) |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | XIX asr Qoʻqon xonligi |
| Vafoti | XIX asr Buxoro, Buxoro amirligi |
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi | Umarxon Muhammad Alixon Amir Nasrulloh |
| Bolalari | 1 ta farzand (Muhammad Alixondan) |
| Otasi | Mahmudbek |
Podshohxon oyim — Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligi malikasi. Fargʻona beklaridan Mahmudbekning qizi edi. Manbalarda juda husnli juvon boʻlganligi taʼkidlanadi.
Podshohxon oyim avvaldan Qoʻqon xonligi hukmdori Umarxonning (1809—1822) kanizagi boʻlgan. Xonning oʻlimidan soʻng taxtga koʻtarilgan Muhammad Alixon (1822—1841) Podshohxon oyimga, yaʼni oʻzining oʻgay onasiga uylangan va undan farzand koʻrgan. Manbalarga koʻra, Muhammad Alixon bu ayolni otasi tirikligida yaxshi koʻrib qolgan.
Qoʻqon ulamolari Muhammad Alixonning bunday kufrona ishlaridan gʻazablanib va raʼiyatga (fuqarolarga) qilayotgan jabr-zulmidan sabr kosalari toʻlib, Buxoro amirligi hukmdori (amir ul-umaro) Amir Nasrullohga (1827—1860) islom dinining Turkistondagi himoyachisi sifatida murojaat qilishgan va 1842-yil amir Qoʻqon ustiga harbiy yurish qilib uni ishgʻol etgan. Soʻng Podshohxon oyimni oʻz nikohiga olgan.
Zamondosh muarrixlarning yozishicha, u hukmdorlar boshini yegan oyim hisoblangan. Tarixchilarning fikricha, har uchala hukmdorning bevaqt oʻlimiga aynan shu ayol sababchi boʻlgan ekan.
Manbalar
| ]- Sharhlar
- Muhammad Alixon 1841-yil Shohista ismli balogʻatga yetmagan qizni zoʻrlagani hodisasi qoʻqonliklarning sabr kosasini toʻldirib yuborgan
- Manbalar
- Бабаджанов 2010, s. 174.
- Rajabov 2011, s. 21.
- Bobobekov 1996, s. 47.
Adabiyotlar
| ]- Bobobekov H. N.. Qoʻqon tarixi. Toshkent: Fan, 1996 — 238-bet. ISBN 5-648-02374-X.
- Rajabov Q. K.. Nasrullohxon (risola). Toshkent: Abu matbuot-konsalt, 2011 — 47-bet. ISBN 978-9943-336-63-6.
- Бабаджанов Б. М.. Кокандское ханство: власть, политика, религия. Токио — Ташкент: TIAS, 2010 — 744-bet. ISBN 978-9943-330-50-4.
- Buxoro amirligi
- Qoʻqon xonligi
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Podshohxon oyim haqida, Podshohxon oyim nima? Podshohxon oyim nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!