Poliakrilonitril tolalar

Poliakrilonitril tolalar — poliakrilonitril eritmasidan yoki tarkibida 85% akrilonitril boʻlgan sopolimerlardan tayyorlanadigan sintetik tolalar. Metilakrilat, metilme-takrilat, vinilatsetat, metakrilamid, 2-vinilpiridin, 2-metil-5vinilpiridin, vinilpirrolidon, itakon kislota va boshqa sopolimer uchun komponent sifatida ishlatiladi. Bu komponentlar Poliakrilonitril tolalarga turli xil rang berish, ka-yishqoq qilish imkonini beradi. Poliakrilonitril tolalar trikotaj mahsulotlari, dekorativ va texnik gazlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Koʻpgina davlatlarda quyidagi nomda ishlab chiqariladi: nitron (MDH mamlakatlari); orlon, amrilon, kreslon (AQSH); krilor (Fransiya), vol-pryula, redon, dolan (GFR), kurtel (Angliya), kashmilan (Yaponiya) va hokazo

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Poliakrilonitril tolalar haqida, Poliakrilonitril tolalar nima? Poliakrilonitril tolalar nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan