Qorachoy-bolqor tili

Qorachoy-bolqor tili - turkiy tillarning qipchoq guruxiga mansub til; asosan, Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Turkiya, Suriya, AQShda yashovchi qorachoylarning hamda Rossiya Federatsiyasining Kabarda-Balkariya Respublikasi va unga qoʻshni hududlarda yashovchi bolqorlarning tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 235 ming (qora-choylar 150 ming, bolqorlar 85 ming) kishidan ortiq (20-asr oxirlari).

Qorachoy-bolqor tili
image
Milliy nomi къарачай-малкъар тил,
Mamlakatlar image Rossiya
Rasmiylik holati image Kabardin-Bolqoriya
image Qorachoy-Cherkesiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 305 364 Rossiyada 2010-yilgi sanoq)
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-2 krc
ISO 639-3 krc

Q.-b.t., asosan, fonetik, qisman leksik-morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 2 ta: "ch" lovchi - "j" lovchi (qorachoy) va "s" lovchi — "z" lovchi (bolqor yoki molqor) lahjalariga boʻlinadi. Mas, quchuk > kutsuk, bichaq > bitsaq (pichoq), juz > zuz (yuz), jil > zil (yil) va boshqa Q.-b.t.ning uziga xosligi sifatida yana baʼzan soʻz boshidagi "y" undoshining tushib qolishi (yaxshi > axshi, Yaxya — Axya), dona va tartib sonlar hosil qilishning alohida usuli (bir on — oʻn, eki on — yigirma yuch on — oʻttiz; bir jiyirma — yigirma, yeki jiyirma — qirq, yuch jiyirma — oltmish) kabilarni koʻrsa-tish mumkin. Leksikasida rus, osetin. adigey tillaridan oʻmashgan soʻzlar mavjud.

Oʻtgan asrning 20-yillarida "ch" lovchi lahja asosida adabiy Q.-b.t. shakllandi. Yozuvi 1924—26 yillarda arab grafikasi, 1926—37 yillarda lotin grafikasi, shundan keyin rus grafikasi asosida shakllantirilgan.

Adabiyot

  • Baskakov NA.. Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2-izd., M., 1969; Aliyev U. B., Sintaksis karachevo-balkarskoyu yazika, M., 1973; Problemm semantiki i stilistiki karachevo-balkarskogo yazmka, Nalchik, 1987.

Qorachoy-Bolqor tili — qorachoylar bilan bolqorlarning gaplashuvchi tili. Uning ikki dialekti bor, ularning ajralishi — qorachoylar /tʃ/ va /ʒ/, bolqorlar esa /ts/ va /z/ degan ikki tovushni qoʻllanadi. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Asosan Rossiyaning Qorachoy-Cherkes va Kabardin-bolqor respublikalarida keng tus olgan. Shu ikki respublikada davlat tili boʻlib hisoblanadi. Rossiyada 303 ming kishi gaplashadi (2002-yilgi sanoq). Alifbosi 1920—24 yillarda arab alifbosi, 1924—36 yillarda lotin alifbosi, 1936-yildan buyon — kirill alifbosiga asoslangan.

Alifbosi

Hozirgi qorachoy-bolqor alifbosi

А а Б б В в Г г Гъ гъ Д д Дж дж Е е
Ё ё Ж ж З з И и Й й К к Къ къ Л л
М м Н н Нг нг О о П п Р р С с Т т
У у Ф ф Х х Ц ц Ч ч Ш ш Щ щ ъ
Ы ы ь Э э Ю ю Я я

lotin alifbosi

A a B b C c Ç ç D d E e F f G g
Ğ ğ H h I ı İ i J j K k L l M m
N n Ñ ñ O o Ö ö P p Q q R r S s
Ş ş T t U u Ü ü V v W w Y y Z z

Sonlar

0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
ноль (nol) бир (bir) эки (eki) юч (üç) тёрт (tört) беш (beş) алты (altı) джети (ceti) сегиз (segiz) тогъуз (toğuz) он (on)

Manbalar

  1. Perepis-2010
  2. Voprosi sovershenstvovaniya alfavitov tyurkskix yazikov SSSR. M., 1972



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qorachoy-bolqor tili haqida, Qorachoy-bolqor tili nima? Qorachoy-bolqor tili nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan