Qoʻshrabot tumani

Qoʻshrabot tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1978-yil 3-aprelda tashkil etilgan. Sharqdan Payariq, janubdan Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon tumanlari, gʻarb va shimoldan Navoiy viloyatining Nurota, janubi-gʻarbdan xatirchi tumanlari, shim.sharqdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 2,16 ming km2. Aholisi 142 ming kishi (2025). Tumanda 25 ga yaqin Mahalla fuqarolar yigʻini Mavjud (Pichot, Joʻsh-Ota, Zarmitan, Oxun-boboyev, Oqtepa, Pangat, Urganji, Qoʻshrabot va hakozo) bor. Markazi — Qoʻshrabot shaharchasi

Qoʻshrabot tumani
tuman
Tarkibida Samarqand viloyati
Maʼmuriy markazi Qoʻshrabot shaharchasi
Asos solingan sanasi 1978 yil 3 aprel.
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 142 ming kishi (2025-yil hisobi)
Millatlar tarkibi Asosan Oʻzbeklar
Dinlar tarkibi musulmonlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Maydoni Umumiy maydoni – 2,16 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Rasmiy sayti https://qoshrabot.uz
Xaritada
image
40°43′45″N 66°6′26″E / 40.72917°N 66.10722°E / 40.72917; 66.10722

Tuman tarixi

Qo‘shrabot – Samarqand viloyatidagi qishloq tumani hamda tuman markazi nomi. Toponimning birinchi komponenti Qo‘sh so‘zi ikki yoki juft ma’nosini anglatadi. Rabot so‘zi esa dastlab islom dini tarqala boshlagan davrlarda harbiylar uchun mo‘ljallab qurilgan bino, istehkom ma’nosini anglatgan. Keyinchalik karvonsaroy (mehmonxona) ma’nosini ham anglatgan. Rabot termini ko‘plab joy nomlari hosil qilgan. Qo‘shrabot yonma-yon ikkita karvonsaroy qurilgan joy ma’nosini ifodalaydi.

Qo‘shrabot tumani Qo‘rg‘on qishlog‘ida taniqli baxshi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868 –1937) – oʻzbek xalq baxshisi, Qoʻrgʻon dostonchilik maktabining eng yirik vakili yashab o‘tgan. Har yili nufuzli baxshini yodga olib, qo‘rg‘on muzeyida, Jo‘sh istiroxat bog‘ida, Tuman markaziy stadioni hamda tumanning bir qancha hududlarida Respublika baxshichilik tanlovi va Qo‘shrabot navolari Xalqaro festivallari o‘tkaziladi. Festivalda viloyatlardan baxshilar va milliy qo‘shiq ixlosmandlari g‘oliblik uchun kurashadilar. Xalqaro va Respublikadagi el suygan Xonandalar festival mezbonlari bo‘lishadi. Festival yildan yilga yanada rivojlanib bormoqda.

Tabiati

Yer yuzasi Nurota togʻlari va togʻ oldi qismlaridan iborat. Shimolida Nurota tizmasi (eng baland joyi — Hayotboshi choʻqqisi, 2165 m), janubida Oqtogʻ tizmasining sharqiy qismi joylashgan. Relyefi tizmalardan atrofga tomon 500 m gacha pasayib boradi. Tizmalar etagi meridional yoʻnalgan vodiylar bilan qirqilgan. Ikkala tizma Nurota botigʻi orqali bir-biridan ajralib turadi. Iqlimi togʻ tepalari va yon bagʻirlarida nisbatan salqin, togʻ etaklari va botiqlarda yoz issiq va quruq, qishi unchalik sovuq boʻlmaydi.

Iqlimi

yanvarning oʻrtacha temperaturasi —G, eng past temperatura —29°, iyulniki 27—28°, eng yuqori temperatura 43°_ Vegetatsiya davri 200 kundan ortiq. Yillik yogʻin 200-300 mm, togʻ yon bagʻirlarida 500 mm gacha, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Yogʻingarchilik faslida togʻlarda oqar suvlar hosil boʻladi. Yozda soylarning koʻpchiligi qurib qoladi.

Yirikroq soylari — Oqsoy, Sagʻanoq, Gʻujumsoy, Pi-chatsoy, Pangatsoy va boshqa Togʻli qismida buloq koʻp. Tuproqlari botiqda och boʻz, boʻz, togʻ yon bagʻirlarida toʻq boʻz tuproq. 1600 m dan balandda togʻ-jigarrang va togʻ-oʻtloq tuproqlari tarqalgan. Oʻsimliklari, asosan, choʻl va togʻ-choʻl landshaftlariga xos. Togʻlarning 1500-1700 m balandlikkacha boʻlgan qismlari chala choʻl oʻsimliklari, yaʼni efemer va efemeroidlardan tashkil topgan. Bu yerda butalardan bodom, uchqat, naʼmatak, pista, doʻlana va boshqa oʻsadi. Togʻlarning baland qismida ora-sira archalar uchraydi. Togʻ odsi qismlarida shuvoq, yantoq, efemerlar (rang, qoʻngʻirbosh va boshqalar) oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, boʻrsiq, tipratikan, yumronqoziq, toshbaqa, echkemar, ilonlar (jumladan, zaharli ilonlar), qushlardan kaklik, qorabovur, burgut, qoraqargʻa va boshqa bor. Qazilma boyliklardan oltin, qurilish materiallari qazib olinadi. Hududida Kushrabot buyurtma qoʻriqxonasi joylashgan.

Aholisi

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tatar, rus va boshqa ozchilik millat vakillari ham yashaydi. Aholisi 142 ming kishi (2025-yil) Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 94 kishi. Tumanda 2 ta shaharcha (Qo‘shrabot va Zarkent) mavjud. Jo‘sh-Ota MFY tumanning eng ko‘p aholisiga ega bo‘lgan (2025-yil hisobi bo‘yicha 8 minga yaqin) mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biri hisoblanadi.

Xoʻjaligi

Xoʻjaligi, asosan, chorvachilik, gʻallachilik, qisman bogʻdorchilik tokchilikka va konchilikka ixtisoslashgan. Oʻzbekistondagi oltin konlaridan biri boʻlgan Zarmitan oltin koni shu hududda joylashgan. Chorvachilikning asosiy tarmogʻi — qorakoʻlchilik. Tumanda yirik, oʻrta, kichik korxonalar va mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi kichik korxonalar (kiyim tikish, avtomobil taʼmirlash, tele-apparaturalar tuzatish va hokazo) ham bor.

Qoʻshrabot tumanida 60,2 mingga yaqin qoramol, 207,5 mingga yaqin qorakoʻl qoʻylari, 3,7 mingdan ziyod yilqi boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy qismi fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. 5 shirkat,’ 1 jamoa, 1 naslchilik, maxsus, 388 fermer xoʻjaligi bor.

Maorifi

2004/2005 oʻquv yilida 88 umumiy taʼlim maktabida 25,8 mingga yaqin oʻquvchi, 2 kasb-hunar kollejida 734 talaba taʼlimoldi. 44 kutubxona (178,7 ming nusxa kitob), 19 madaniyat uyi, stadion, sport maydonchalari mavjud. 6 kasalxona (320 oʻrin), 34 feld-sher-akusherlik punkti, 18 qishloq davolash ambulatoriyasi va boshqa tibbiy muassasalarda 125 vrach, 710 oʻrta va kichik tibbiy xodim ishlaydi.

Manbalar

  1. Jumaboyev, Toshpoʻlat. „Qoʻshrabot tumani“ OʻzME. Q-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Qo‘shrabot tumani tarixi“. 2025-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 27-avgust.
  3. „Ergash Jumanbulbul oʻgʻli“, Vikipediya, 2025-04-12, qaraldi: 2025-08-26




  1. „Qo‘shrabot tumani haqida“. Qaraldi: 2025-yil 26-avgust.
  2. „Qo‘shrabot tumani haqida“. Qaraldi: 2025-yil 26-avgust.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qoʻshrabot tumani haqida, Qoʻshrabot tumani nima? Qoʻshrabot tumani nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan