Quinn Carpenter
| Quinn Carpenter | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Davlat | |
| Tavalludi | 24-fevral 1996-yil Bethesda, Maryland |
| Ona shahri | Wheaton, Maryland |
| Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 1⁄2 in) |
| Oldingi sheriklari | Lorraine McNamara |
| Oldingi jamoalari | Washington FSC |
| Uchishni boshlagan | 2000 |
| Yakunlagan | April 16, 2020 |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Raqs (umumiy natija) | 183.47 |
| Qisqa raqs | 73.60 |
| Erkin raqs | 109.87 |
Quinn Carpenter (talaffuzi: Kvinn Karpenter; 1996-yil 24-fevralda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Lorraine McNamara bilan birga 2018-yilgi Xelsinkida boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasining bronza medali sovrindori, Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarining uch karra kumush medali sohibi va 2019-yilgi AQSh milliy chempionatining qalay medali sovrindori boʻlgan. Juftlik oʻz faoliyatining boshida 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni, 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri final chempioni va ikki karra oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh milliy chempioni boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
| ]Quinn Carpenter 1996-yil 24-fevralda Maryland shtatining Bethesda shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
| ]Quinn Carpenter 2005-yilda McNamara bilan juftlikda konkida uchishni boshlagan. Juftlik 2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2012 — 2013-yilgi mavsum
| ]McNamara / Carpenter juftligi oʻsmirlar toifasidagi xalqaro musobaqalar uchun mos tushgan. 2012-yil avgust oyida ular Fransiyaning Kurchevel shahrida oʻtkazilgan oʻzlarining ilk Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida oltinchi oʻrinni egallagan. Juftlik keyingi oyda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan ikkinchi JGP bosqichida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. AQSh chempionatida oʻsmirlar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritgandan soʻng, MakNamara / Carpenter juftligi Milanda boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tayinlangan.
2013 — 2014-yilgi mavsum
| ]McNamara / Carpenter 2013 — 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida birinchi xalqaro medallarini qoʻlga kiritgan (Riga (Latviya)da kumush, Minskda (Belarus) oltin medal). Ushbu natijala juftlikka Yaponiyaning Fukuoka shahrida boʻlib oʻtadigan finalga yoʻllanmani bergan va ular finalda ishtriok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlik 2014-yilda AQSh chempionatida ishtirok etib, o‘smirlar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritgan va 2014-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qisqa raqsda uchinchi, erkin raqsda beshinchi o‘rinni egallagan holda umumiy natija bilan chempionatda to‘rtinchi o‘rindan joy olgan.
Dasturlari
| ]McNamara bilan
| ]| Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
|---|---|---|
| 2019 — 2020 |
|
|
| 2018 — 2019 |
|
|
| 2017 — 2018 |
|
|
Natijalari
| ]GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
McNamara bilan
| ]| Xalqaro | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 12 — 13 | 13 — 14 | 14 — 15 | 15 — 16 | 16 — 17 | 17 — 18 | 18 — 19 | 19 — 20 |
| GP Cup of China | 5 | |||||||
| GP Finlandiya | 3 | |||||||
| GP Fransiya | WD | |||||||
| GP NHK Trophy | 9 | |||||||
| GP Skate America | 4 | |||||||
| CS Alpen Trophy | 2 | |||||||
| CS Autumn Classic | 5 | |||||||
| CS Finlandia Trophy | 8 | |||||||
| CS Golden Spin | 4 | |||||||
| CS Ondrej Nepela | 2 | 3 | ||||||
| CS Warsaw Cup | 2 | |||||||
| Lake Placid IDI | 1 | 1 | 3 | |||||
| Xalqaro: Oʻsmirlar | ||||||||
| Jahon chempionati | 9 | 4 | 2 | 1 | 7 | |||
| JGP Final | 3 | 1 | 3 | |||||
| JGP Belarusiya | 1 | |||||||
| Toruń Cup | 1 J | |||||||
| Milliy | ||||||||
| AQSh chempionati | 3 J | 2 J | 1 J | 1 J | 3 J | 6 | 4 | 6 |
| Eastern Sect. | 1 J | 1 J | ||||||
| WD = musobaqani tark etgan Daraja: J = oʻsmirlar | ||||||||
Manbalar
| ]- „Google Maps“ (en). Google Maps. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- „2020 Skate America“. International Figure Skating (2020-yil 20-oktyabr). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
- McNamara, Lorraine „Anton Spiridonov and I are excited to announce the beginning of our partnership!“ (2020-yil 3-iyul). 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- „2021 Toyota U.S. Figure Skating Championships“. U.S. Figure Skating.
- Slater, Paula. „Hubbell and Donohue defend Skate America title for third consecutive win“. Golden Skate (2020-yil 26-oktyabr).
- 24-fevralda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- 1999-yilda tugʻilganlar
- Figurali uchuvchilar
- AQShlik figurali uchuvchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Quinn Carpenter haqida, Quinn Carpenter nima? Quinn Carpenter nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!