Reza Ghoochannejhad

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Reza Ghoochannejhad
image
Ghoochannejhad (2014-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Reza Ghoochannejhad Nournia
Tavallud sanasi 20-sentyabr 1987-yil (1987-09-20) (38 yosh)
Tavallud joyi Mashhad, Eron
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Strayker
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
LAC Frisia 1883
Cambuur
1998–2005 Heerenveen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005–2009 Heerenveen 2 (0)
2006–2007   Go Ahead Eagles 13 (4)
2009   Emmen 12 (1)
2009–2010 Go Ahead Eagles 10 (6)
2010–2011 Cambuur 37 (15)
2011–2013 Sint-Truiden 32 (17)
2013–2014 Standard Liège 8 (1)
2014–2016 Charlton Athletic 38 (3)
2014–2015   Al-Kuwait 10 (11)
2015   Al-Wakrah 9 (2)
2016–2018 Heerenveen 67 (27)
2018–2019 APOEL 10 (2)
2019   Sydney FC 10 (1)
2019–2021 PEC Zwolle 34 (13)
Total 292 (103)
Milliy terma jamoa
2003 Niderlandiya U16 1 (0)
2003–2004 Niderlandiya U17 4 (0)
2005 Niderlandiya U18 1 (0)
2006–2007 Niderlandiya U19 3 (1)
2012–2018 Eron 44 (17)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Reza Ghoochannejhad Nournia (forscha: رضا قوچان‌نژاد نورنیا‎, Belgiya va Niderlandiyada Guchchi nomi bilan tanilgan; 1987-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) – eronlik sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Reza dastlab Niderlandiya terma jamoasining yoshlar jamoalari tarkibida oʻynagan boʻlsa-da, keyinchalik katta yoshlilar darajasida Eron milliy terma jamoasiga oʻtgan. Eron terma jamoasi safida 44 ta oʻyinda 17 ta gol urgan Ghoochannejhad 2014 va 2018-yillardagi FIFA Jahon chempionatlarida hamda 2015-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]
image
Goochannejhad 2014-yilda Angolaga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda
image
Ghoochannejad 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati guruh oʻyinidan oldin Argentinalik futbolchilar bilan qoʻl siqishib koʻrishmoqda

Ghoochannejhad 2003-yildan 2007-yilgacha Niderlandiya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan va Niderlandiya U19 terma jamoasida oʻynagan. Murabbiy Carlos Queiroz tomonidan 2012-yilda Eron terma jamoasiga taklif qilinganidan soʻng, kattalar terma jamoasidagi debyutini 2012-yil 16-oktyabrda Eronning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Janubiy Koreyaga qarsh oʻyinida oʻtkazgan. Shu bilan birga, uchinchi oʻyinida Livanga qarshi dastlabki ikkita golini urgan. 2013-yil 4-iyunda Ghoochannejhad Qatarga qarshi oʻyinda yagona golni urgan. Bir necha kundan soʻng, Livanga qarshi oʻyinda ham gol muallifi boʻlgan. Keyingi Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda ham gʻalaba golini urgan. Bu Eronning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallashiga zamin yaratgan.

Uning gol urish seriyasi Osiyo Kubogi saralash bosqichida ham davom etgan. Tailand va Livanga qarshi oʻyinlarining har birida gol urdi va Eronning 2015-yilgi Osiyo Kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishida hissa qoʻshdi. Ghoochannejhad saralashning eng yaxshi toʻpurari boʻldi va terma jamoa tarkibida ketma-ket oltita oʻyinda gol muallifi boʻlgan. Ghoochannejhad 2014-yil 5-mart kuni Gvineya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida gol urib, yettita oʻyinda yettita golga erishdi.

image
Ghoochannejhad 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatining Nigeriyaga qarshi oʻyinida Carlos Queiroz bilan birga

2014-yil 1-iyunda Ghoochannejhad Carlos Queiroz tomonidan Eronning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati tarkibiga chaqirilgan. 2014-yil 25-iyunda u Bosniya va Gertsegovinaga qarshi 3:1 hisobidagi magʻlubiyatda Eronning turnirdagi yagona golini urgan. Ghoochannejhad FIFA Jahon chempionatida gol urgan birinchi Charlton Atletik oʻyinchisi boʻlgan.

2014-yil 30-dekabrda Ghoochannejhad Eronning 2015-yilgi Osiyo Kubogi tarkibiga chaqirilgan. U jamoaning guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi yagona golni urdi va Melli jamoasining C guruhidan birinchi oʻrinni egallashini taʼminladi. Chorak finalda Iroqqa qarshi oʻyinda Ghoochannejhad 119-daqiqada Eronning uchinchi, hisobni tenglashtiruvchi golini urdi. Oʻyin yakunida Kanberra stadionida 3:3 hisobida ikki jamoa durang oʻynashdi va oxir-oqibat penaltilar seriyasida 7:6 hisobida magʻlub boʻlishdi.

image
Ghoochannejhad 2017-yilda Eron terma jamoasi safida

2016-yil 1-sentyabr kuni Ghoochannejhad Osiyo chempionati saralashining soʻnggi bosqichida Qatarga qarshi oʻyinda qoʻshimcha vaqtda gʻalaba golini kiritgan.

2016-yil 10-noyabrda Ghoochannejhad oʻzining birinchi xet-trikini Papua-Yangi Gvineya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻyinda amalga oshirgan.

2018-yilning may oyida u Eronning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun dastlabki tarkibiga kiritilgan, ammo turnirda bir daqiqa ham oʻynamadi. 2018-yilning 27-iyunida Ghoochannejhad oʻzining Instagram sahifasida xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.

Oʻyin uslubi

| ]

Ghoochannejhad asosan gol urish qobiliyati, shuningdek, hujumkor vaziyatlarda toʻgʻri joyni topa olishi uchun maqtovga sazovor boʻlgan. Uni Eron afsonasi Xodadad Aziziy bilan qiyoslashgan.

Futboldan tashqari faoliyati

| ]

U Amsterdamdagi Vrije Universitetidan huquqshunoslik va siyosatshunoslik boʻyicha diplom olgan. Ghoochannejhad kamida toʻrtta tilda, jumladan ingliz, golland, fransuz va ona tili boʻlmish fors tillarida ravon gaplasha oladi, shuningdek nemis tilini ham tushunadi. U italyan va portugal tillarini ham oʻrganganini aytgan. Ghoochannejhad musiqa asboblarini chalishga qiziqadi va skripka chala oladi.

Shaxsiy hayoti

| ]

Ghoochannejhad Jalol va Mahin Ghoochannejhadning oʻgʻlidir. Uning amakisi Jabar Ghoochannejhad Eron voleybol Superligasida murabbiylik qiladi. Ghoochannejhad 2016-yil 30-mart kuni Imom Rizo masjidida oʻtkazilgan shaxsiy marosimda eronlik aktrisa Sareh Bayatning singlisi Sarvin Bayatga uylangan. 2018-yil 29-yanvarda Doran ismli oʻgʻli dunyoga kelgan.

Reza oʻzining bergan intervyularida uzoq vaqtdan beri tugʻilgan shahri Aboomoslem futbol klubining muxlisi ekanligini aytgan.

2024-yil mart oyida Gʻuchannajod Ronaldinho, Javier Pastore, Claude Makélélé, Jay-Jay Okocha kabi afsonaviy futbolchilar bilan birga Parij Sen-Jermen klubining Qatarda oʻtkazilgan „LEGENDS DOHA TOUR“ nomli turnesida maxsus mehmon sifatida ishtirok etib, ushbu turnirda oʻynagan.

Faoliyat statistikasi

| ]

Klub

| ]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar soni va gollar miqdori
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
Division Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Heerenveen 2005–06 Eredivisie 1 0 0 0 0 0 1 0
2006–07 0 0 0 0 0 0 0 0
2007–08 0 0 0 0 0 0 0 0
2008–09 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Go Ahead Eagles (ijara) 2006–07 Eerste Divisie 13 4 0 0 2 0 15 4
FC Emmen (ijara) 2008–09 Eerste Divisie 12 1 0 0 0 0 12 1
Go Ahead Eagles 2009–10 Eerste Divisie 10 6 2 1 0 0 12 7
Cambuur 2009–10 Eerste Divisie 13 2 0 0 1 0 14 2
2010–11 24 13 1 1 2 0 27 14
Jami 37 15 1 1 0 0 3 0 41 16
Sint-Truiden 2011–12 Belgiya Pro ligasi 22 11 2 1 1 0 25 12
2012–13 Belgiya Ikkinchi dvizioni 10 6 3 3 0 0 13 9
Jami 32 17 5 4 0 0 1 0 38 21
Standard Liège 2012–13 Belgiya Pro ligasi 7 0 0 0 0 0 2 3 9 3
2013–14 1 1 1 1 7 0 0 0 9 2
Jami 8 1 1 1 7 0 2 3 18 5
Charlton Athletic 2013–14 Chempionship 15 1 2 0 0 0 17 1
2014–15 0 0 0 0 0 0 0 0
2015–16 23 2 1 1 1 1 25 4
Jami 38 3 3 1 0 0 1 1 42 5
Kuwait SC (ijara) 2014–15 Quvayt Premyer-ligasi 10 11 1 0 2 1 1 0 14 12
Al-Wakrah (ijara) 2014–15 Qatar Yulduzlar Ligasi 9 2 0 0 0 0 0 0 9 2
Heerenveen 2016–17 Eredivisie 34 19 4 2 1 1 39 22
2017–18 33 8 1 1 2 1 36 10
Jami 67 31 5 3 0 0 3 2 75 36
APOEL 2018–19 Birinchi dvizion 10 2 1 0 3 0 0 0 14 2
Sydney FC (ijara) 2018–19 A-liga 10 1 0 0 6 0 1 0 17 1
PEC Zwolle 2019–20 Eredivisie 13 7 1 0 0 0 14 7
2020–21 21 6 1 0 0 0 22 6
Jami 34 13 2 0 0 0 36 13
Umumiy 292 103 21 11 18 1 14 6 345 121
  1. Eredivisie pley-off o‘yinlari, Belgiya Pro ligasi pley-off bellashuvlari va Angliya liga kubogi musobaqalari ham qamrab olingan

Xalqaro

| ]
Milliy terma jamoa va yillar boʻyicha oʻyinlar hamda gollar soni
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Eron 2012 3 0
2013 8 8
2014 8 3
2015 10 2
2016 5 4
2017 6 0
2018 4 0
Jami 44 17
Hisob va natijalar jadvalida Eronning gol hisobi birinchi oʻrinda koʻrsatilgan boʻlib, hisoblar ustunida Ghoochannejhad har safar gol urganidan keyingi natija aks ettirilgan.
Reza Ghoochannejhad tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2013-yil 6-fevral Ozodiy stadioni, Tehron, Eron image Livan 1–0 5–0 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi
2 4–0
3 2013-yil 4-iyun Jassim bin Hamad stadioni, Doʻha, Qatar image Qatar 1–0 1–0 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi
4 2013-yil 11-iyun Ozodiy stadioni, Tehron, Eron image Livan 3–0 4–0 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi
5 2013-yil 18-iyun Ulsan Munsu stadioni, Ulsan, Janubiy Koreya image Janubiy Koreya 1–0 1–0 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi
6 2013-yil 15-oktyabr Ozodiy stadioni, Tehron, Eron image Tailand 2–0 2–1 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi
7 2013-yil 15-noyabr Rajamangala stadioni, Bangkok, Tailand image Tailand 2–0 3–0 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi
8 2013-yil 19-noyabr Camille Chamoun sport stadioni, Bayrut, Livan image Livan 4–0 4–1 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi
9 2014-yil 5-mart Ozodiy stadioni, Tehron, Eron image Gvineya 1–2 1–2 Oʻrtoqlik
10 2014-yil 8-iyun CT Joaquim Grava, San Paulu, Braziliya image Trinidad va Tobago 2–0 2–0 Oʻrtoqlik
11 2014-yil 25-iyun Arena Fonte Nova, Salvador, Braziliya image Bosniya va Gersegovina 1–2 1–3 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi
12 2015-yil 19-yanvar Brisbane stadioni, Brisben, Avstraliya image Birlashgan Arab Amirliklari 1–0 1–0 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi
13 2015-yil 23-yanvar Kanberra stadioni, Kanberra, Avstraliya image Iroq 3–3 3–3 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi
14 2016-yil 1-sentyabr Ozodiy stadioni, Tehron, Eron image Qatar 1–0 2–0 2018-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi
15 2016-yil 10-noyabr Shoh Alam stadioni, Shoh Alam, Malayziya image Papua Yangi Gvineya 5–1 8–1 Oʻrtoqlik
16 6–1
17 7–1

Yutuqlari

| ]

Heerenveen

  • KNVB kubogi: 2008–09

APOEL

  • Kipr birinchi dvizioni: 2018–19

Sidney FC

  • A-liga: 2018–19

Individual

  • Goal nashriga koʻra Eredivisie mavsumining ramziy terma jamoasi: 2016–17
  • Heerenveenda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2016–17

Alohida qayd etilgan natijalari

  • FIFA Jahon chempionatida ilk bor gol urgan Charlton Athletic jamoasi futbolchisi: 2014
  • Yevropada hat-trik urgan ilk eronlik futbolchi: 2017
  • Eredivisie tarixida zahiradan tushib toʻrtta gol urgan birinchi futbolchi: 2019
  • Yevropada bir oʻyinning oʻzida toʻrt gol urgan birinchi eronlik futbolchi: 2019

Yana qarang

| ]
  • Niderlandiyadagi eronliklar

Manbalar

| ]
  1. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyun.
  2. „Player profile Reza Ghoochannejhad“. AFC. 2014-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-aprel.
  3. FIFA.com „2014 FIFA World Cup Brazil - Matches - Iran-Korea Republic“. FIFA.com. 2012-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „AFC ASIAN CUP AUSTRALIA 2015“. The-afc.com. Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
  5. FIFA.com „2014 FIFA World Cup Brazil - Matches - Qatar-Iran“. FIFA.com. 2013-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  6. FIFA.com „2014 FIFA World Cup Brazil - Matches - Iran-Lebanon“. FIFA.com. 2013-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  7. FIFA.com „2014 FIFA World Cup Brazil - Matches - Korea Republic-Iran“. FIFA.com. 2014-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Iran soccer team qualifies for 2014 World Cup“. UPI.com (2013-yil 18-iyun). Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
  9. „AFC ASIAN CUP AUSTRALIA 2015“. The-afc.com (2013-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
  10. „Iran's hopes rest on a Charlton striker“. Persianfootball.com. Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
  11. „Queiroz trims Iran squad to 24“. FIFA.com (2014-yil 1-iyun). 2014-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
  12. „2014 FIFA World Cup - Matches“. FIFA.com. 2014-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
  13. „2014 FIFA World Cup - Matches“. FIFA.com. 2014-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
  14. „Reza makes Charlton history at World Cup“. Charlton Athletic FC (2014-yil 25-iyun). 2014-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  15. „Queiroz Names Team Melli Squad“. afcasiancup.com (2014-yil 30-dekabr). 2015-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-yanvar.
  16. „Up for Cup: stage set for Iran v Iraq“ (2015-yil 19-yanvar).
  17. „Asian Cup 2015: Iraq claims incredible shootout win over rival Iran to reach semi-finals“. Australian Broadcasting Corporation (2015-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
  18. „Yjc.news“.
  19. „World Cup 2018: All the confirmed squads for this summer's finals in Russia“.[sayt ishlamaydi]
  20. „World Cup 2018: Iran head coach Carlos Queiroz names final squad“ (en-GB). BBC Sport (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2018-yil 9-iyun.
  21. „Instagram“ (fa). Instagram (2018-yil 27-iyun). 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  22. „Reza Ghoochannejhad“ (en-US). Life After Football. Qaraldi: 2025-yil 9-avgust.
  23. „نمناک“. نمناک.
  24. خطیر, حسن قلی‌پور „فارس“.
  25. „ازدواج رضا قوچان‌نژاد با سروین بیات، خواهر ساره بیات + عکس“.
  26. „90tv.ir - وبسایت رسمی برنامۀ ۹۰ - قوچان‌نژاد با خواهر یکی از بازیگران سینما ازدواج کرد“. 2016-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
  27. „The best day of our life Mommy and baby are doing great“. Instagram (2018-yil 29-yanvar). 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  28. „اسم متفاوت پسر رضا قوچان‌نژاد!!“. سیمرغ.
  29. „رضا قوچان‌نژاد: دوست دارم ابومسلم را در لیگ برتر ببینم به مشهدی بودنم و بازی در تیم ملی ایران افتخار می‌کنم“. ایسنا - خراسان رضوی.
  30. „مهاجم ایرانی در کنار رونالدینیو به میدان رفت + عکس - همشهری آنلاین“. www.hamshahrionline.ir. Qaraldi: 2025-yil 22-avgust.
  31. „Reza Ghoochannejhad » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
  32. „R. Ghoochannejhad - Carrière“ (nl). Voetbal International. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
  33. Reza Ghoochannejhad Soccerway saytida
  34. Reza Ghoochannejhad National-Football-Teams.com saytida
  35. „2009: Heerenveen wint eerste KNVB Beker na strafschoppen“. KNVB Cup.
  36. „Archive - 1. Division - Cyprus - Results, fixtures, tables and news“. Soccerway.
  37. Hynter, Mike. „A-League grand final: Sydney FC beat Perth Glory in penalty shootout“. The Guardian (2019-yil 19-may). Qaraldi: 2019-yil 19-may.
  38. „Jorgensen, Ziyech and the Eredivisie Team of the Season“. Goal (2017-yil 15-may). Qaraldi: 2025-yil 11-oktyabr.
  39. „Speler van het Jaar“ (nl). FeanFan (SC Heerenveen Supporters Association). Qaraldi: 2025-yil 11-oktyabr.
  40. Groome, Olly „Iran's Rez Ghoochannejhad becomes Charlton's first ever player to score a goal at the World Cup after 3-1 loss to Bosnia and Herzegovina“ (en). Charlton Athletic F.C.. 2014-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyul.
  41. „یادی از ۶ هت‌تریک لژیونرهای ایرانی در اروپا“ (fa). Azad News Agency (2019-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 11-oktyabr.
  42. „Reza makes history as PEC Zwolle defeats RKC“. Football Oranje (2019-yil 15-sentyabr).
  43. „رضا قوچان‌نژاد، بازیکن پیشین تیم ملی ایران در هلند ۴ گل زد و "پوکر" کرد“ (fa). Voice of America. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.

Havolalar

| ]
  • Reza Ghoochannejhad WorldFootball.net saytida
  • Reza Ghoochannejhad Voetbal International saytida (niderlandcha)
  • Reza Ghoochannejhad – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Reza Ghoochannejhad haqida, Reza Ghoochannejhad nima? Reza Ghoochannejhad nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan