Richard Strauss

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Richard Strauss
Tavalludi 11-iyun 1864
Vafoti 8-sentyabr 1949
Fuqaroligi Germaniya
Otasi Franz Strauss
Onasi Josephine Strauss

Richard Strauss (1864.11.6 — Myunxen — 1949.8.9, GarmishPartenkirxen, Myunxen yaqinida) — nemis kompozitori va dirijyor. 1885-yildan Germaniya va Avstriya simfonik va opera orkestrlarida ishlab dirijyor sifatida tanilgan; baletlar, 2 simfoniya, fantaziya ("Italiyadan", 1886), simfonik poemalar ("Don Juan", 1888; "Qahramon hayoti", 1898 va boshqalar), variatsiya, konsertlar, kamer cholgʻu asarlar, xorlar, qoʻshiqlar va boshqalar muallifi. Keng koʻlamli Sh. ijodi garmoniya va orkestr boʻyoklarining rangbarangligi, mavzularining oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, simfonik poemalari mashhur. Ularda F. List va G.Berliozning dasturli simfonizm anʼanalarini, shuningdek, R. Vagnerning orkestrlashdagi yutuqlarini rivojlantirgan. Asarlarida ekspressionizm, neoklassitsizm, F. Nitsshe falsafasi (xususan, "Zardusht tavallosi" simfonik poemasi, 1896) taʼsiri bor. Sh. ijodi 20-asr Yevropa musiqasiga katta taʼsir koʻrsatgan. Eng yaxshi asarlariga hayotbaxshligi, insonparvarlik, goʻzallikni tarannum etishi xos. Geydelberg, Oksford va Myunxen untlari faxriy doktori. Berlin va Vena Sanʼat akademiyalari aʼzosi.

Manbalar

| ]
  1. // (unspecified title)




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Richard Strauss haqida, Richard Strauss nima? Richard Strauss nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan