Robaxon Mahmudova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Robaxon Mahmudova
image
 Adolat sotsial-demokratik
partiyasi raisi
image
 
Mansab davri
2024-yil 20-yanvardan
Oʻtmishdoshi Bahrom Abduhalimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-noyabr 1958-yil (1958-11-09) (67 yosh)
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi image SSSR
image Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Kasbi advokat, sudya
Mukofotlari image

Robaxon Anvarovna Mahmudova (ruscha: Робахон Анваровна Махмудова; 1958-yil, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik huquqshunos, sudya va senator. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylangan. 2020-yil 13-iyuldan boshlab u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari — maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlar kollegiyasining raisi lavozimini egallab kelgan. 2023-yil 21-may kunidan boshlab Robaxon Mahmudova Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlik sayloviga oʻz nomzodini qoʻyganidan keyin, uning sudlar kollegiyasi raisi lavozimi vaqtincha toʻxtatilgan. 2024-yil 20-yanvardan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi raisi etib saylangan.

Biografiyasi

| ]

Robaxon Mahmudova 1958-yil Fargʻona viloyatida tavallud topgan. 1983-yilda Toshkent davlat universitetining Huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. U Fargʻona viloyati Jinoyat ishlari boʻyicha sudining raisi boʻlib ishlagan. 2008-yil 29-avgustgacha u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan. 2017-yildan 2020-yilgacha u Oʻzbekiston Prezidentining Fargʻona viloyatidagi Xalq qabulxonalari rahbari sifatida ishlagan.

2020-yil yanvar oyida u IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senatori va Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash qoʻmitasi raisi etib saylandi. 2020-yil 13-iyulda O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Robaxon Mahmudovani 10-yil muddatga Oʻzbekiston Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari etib sayladi, shuningdek uni Fan,Taʼlim va sogʻliq boʻyicha qoʻmita raisi lavozimidan ozod qildi. 2024-yil 20-yanvardan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi raisi etib saylangan.

Mukofotlar

| ]

2020-yil 6-martda Oʻzbekiston Prezidenti farmoni bilan Shavkat Mirziyoyev „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlandi.

Manbalar

| ]
  1. „Судебные полномочия Робахон Махмудовой приостановлены — Верховный суд“. Gazeta uz (2023-yil 12-may). Qaraldi: 15-may 2023-yil.
  2. „Robaxon Mahmudova «Adolat» partiyasi raisi etib saylandi“ (kun.uz). 2024-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
  3. https://centrasia.org/person2.php?st=1220126007
  4. https://uz.sputniknews.ru/20200122/Stali-izvestny-imena-predsedateley-Komitetov-nizhney-palaty-parlamenta-13281845.html
  5. https://www.gazeta.uz/ru/2020/01/21/heads/
  6. https://www.gazeta.uz/ru/2020/07/12/makhmudova/
  7. https://centrasia.org/person2.php?st=1220126007

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Robaxon Mahmudova haqida, Robaxon Mahmudova nima? Robaxon Mahmudova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan