Sabohat Azimjonova

Sabohat Azimjonova (1922-yil dekabr, Toshkent - 2001-yil, 26.4.) — sharqshunos olima, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1969).

Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1949), institut direktori (1950– 77), boʻlim boshligʻi (1977—1995), yetakchi ilmiy xodim (1995-yildan). Asosiy ilmiy ishlari Boburning Qobul va Hindistondagi faoliyati, Oʻrta Osiyo xalqlarining oʻrta asrlarda qoʻshni xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro siyosiy va iqtisodiy munosa-batlariga bagʻishlangan.

Asarlari Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Fransiyada chop etilgan. Boburning qizi Gulbadan begimning „Humoyunnoma“sini fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda (1959, 1977) va fransuz tilida Parijda, (1996) nashr ettirgan. A. bir qator xalqaro ilmiy kongresslarda ilmiy ma’ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1989), Javoharla’l Neru xalqaro mukofoti (1993) laureati.

Asarlari

  • K istorii Fergani vtoroy polovini XV veka, T., 1957;
  • Boburning Hindiston devoni, T., 1966;
  • Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sabohat Azimjonova haqida, Sabohat Azimjonova nima? Sabohat Azimjonova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan