Sahihi Termiziy

Sahihi Termiziy, Sunani Termiziy (arabcha: سنن الترمذي‎) — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Iso Muhammad Termiziy yozgan. "alJomiʼ assaqih" ("Ishonarli toʻplam"), "alJomiʼ ulkabir" ("Katta toʻplam") nomlari bilan ham yuritiladi. "S.T." Termiziyning 20 y. davomida oʻzga yurtlarda hadislarni oʻrganib, yigʻib, soʻng ustozi va zamondoshi Buxoriy bilan maslahatlashib yiqqan toʻplamidir. U tartibi eng ixchamligi, takrori eng ozligi bilan ajralib turadi. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor. Chunonchi, har bir bobning hadisi zikr qilingandan keyin, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilganlarning ismlari sanab oʻtiladi; fiqhiy masalalarda faqixlarning fikrqarashlari zikr qilinadi; har bir hadisning ishonarlilik va zaiflik darajasi aniqlab beriladi va "sahih" ustiga "hasan" belgisi ("juda sahih", "beshak sahih" maʼnosida) kiritiladi. "S.T." kitobida Imomi Aʼzam mazhabi jihatlari eʼtiborga olingan. 6 jilddan iborat "S.T." 1jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentda nashr etildi.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sahihi Termiziy haqida, Sahihi Termiziy nima? Sahihi Termiziy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan