Salohuddin al-Ayyubiy
| Salohiddin | |
|---|---|
| Quddus fotihi Misr va Suriya sultoni Ikki muqaddas masjid xodimi | |
![]() Salohuddin tasvirlangan dirham tanga (tax. 1189) | |
| Misr va Suriya sultoni | |
| Saltanat | 1174—1193-yil, 4-mart |
| Oʻtmishdoshi | Al-Adid (Fotimiylar xalifasi) |
| Davomchisi |
|
| Tugʻilishi | Salohuddin al-Ayyubiy tax. 1137-yil Tikrit, Jazira, Abbosiylar xalifaligi |
| Vafoti | 4-mart 1193 (yoshi 55–56) Damashq, Ayyubiylar davlati |
| Dafn etilgan joy | Umaviylar masjidi, Damashq |
| Turmush oʻrtogʻi | Ismet Hatun |
| Sulola | Ayyubiylar {Sulola asoschisi) |
| Otasi | Najmiddin Ayyub |
| Dini | Islom |
Salohuddin al-Ayyubiy (arabcha: صلاح الدين الأيوبي), Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (1138 — 1193-yil 4-mart, Damashq) — Misr hukmdori (1171-yildan), Ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sultoni Nuriddinning salibchilar bilan muvaffaqiyatli kurashgan lashkarboshilaridan biri Ayyub ibn Shodining oʻgʻli. 1164—1169-yillarda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169-yil Misr vaziri etib, 1171-yilda Fotimiylar sulolasining soʻnggi xalifasi vafotidan soʻng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib, Abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan keyin 1174—1186-yillarda uning Suriyadagi yer-mulklarini va Iroqdagi ayrim mayda hokimlarga tegishli yerlarni tobe ettirgan. 1187-yil 3—5-iyulda Salohuddin al-Ayyubiy qoʻshini salibchilarni Xittin yaqinida (Falastin) tormor qilgan, 1187-yil 2-oktyabrda Quddusni egallagan, soʻngra salibchilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. Salohuddinning ichki siyosati harbiy len tizimini (qarang: Iqto) rivojlanganligi, soliqlarni birmuncha kamaytirilishi, sunna mazhabi taʼlimotining mustahkamlanishi bilan avvalgi hukmdorlardan farqlanadi.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- Kishilar
- Tarixiy shaxslar
- Davlat yetakchilari
- Misr tarixi
- 1139-yilda tugʻilganlar
- 1193-yilda vafot etganlar
- Ayyubiy sultonlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Salohuddin al-Ayyubiy haqida, Salohuddin al-Ayyubiy nima? Salohuddin al-Ayyubiy nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!