Saydullo Abdullayev
| Abdullaеv Saydullо Parxоdbеkоvich | |
|---|---|
Абдуллаев Сайдулло Парходбекович | |
| Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori | |
| Mansab davri 2005-yil – 2018-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Toʻlqin Jabborov |
| Vorisi | Baxtiyor Hamidov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 17-mart 1965-yil Namangan |
| Mukofotlari | |
Abdullayev Saydullo Parxodbekovich (1965-yil 17-mart, Namangan) — Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori (2005—2018), MDH Banklar uyushmasi kengash aʼzosi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori (2007—2017).
Biografiyasi
| ]1982—1983-yillarda Namangan shahar Xalq sudida sud majlisining kotibi vazifasida ishlagan.
1983—1985-yillar armiya safida xizmat qilgan.
1986-yilda Tver davlat universitetining iqtisodiyot fakultetiga oʻqishga kirgan va 1991-yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan.
1991—1992-yillarda Namangan vilоyati istiqbolni belgilash va statistika Bosh boshqarmasi Reja komissiyasi mutaxassisi,
1992—1993-yillarda Namangan viloyat hokimi huzuridagi istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasida mutaxassis, boʻlim boshligʻi vazifalarida ishlagan.
1993-yilning aprel oyidan 1994-yilning sentyabr oyigacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Namangan viloyat boʻlimi boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
1994-yil sentyabr oyidan Aksiyadorlik tijorat banki „Gʻallabank“ Namangan viloyat filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
1996-yil oktyabrdan 1997-yil dekabr oyigacha Bank-mоliya akadеmiyasida tahsil olgan.
1997-yildan 1998-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatli qogʻozlar departamenti direktori,
1998—2000-yillarda Iqtisodiy tahlil departamenti direktori,
2000—2002-yillarda Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.
2002-yildan 2005-yilga qadar Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori oʻrinbosari, Bosh direktor vazifasini bajaruvchi.
2005-yildan 2018-yilgacha Bosh direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda.
2007-yildan 2017-yilgacha shuningdek, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori.
2018-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat sugʻurta nazorati inspeksiyasi direktori.
Manbalar
| ]- arxiv nusxasi, 29-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 29-avgust 2017-yil
{{citation}}: CS1 maint: date format () - Banklar assotsiatsiyasi[sayt ishlamaydi]
- „Сайдулло Абдуллаев возглавил Госстрахнадзор Узбекистана“.
- 17-martda tugʻilganlar
- 1965-yilda tugʻilganlar
- Namanganda tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston yetakchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Saydullo Abdullayev haqida, Saydullo Abdullayev nima? Saydullo Abdullayev nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!