Shavkat Salomov
Shavkat Salomov (1985-yil 13-noyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, hujumkor yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. 2011-yilda Qatarda oʻtkazilgan AFC Osiyo kubogida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Buxoroning „Buxoro“ klubi bosh direktori.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Shavkat Rasulovich Salomov | ||
Tavallud sanasi | 15-noyabr 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Buxoro, SSSR, Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 174 cm (5 ft 8 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000—2016 | Buxoro | 141 | (18) |
2007—2012 | Bunyodkor | 160 | (30) |
2010 | Nasaf (Ijara) | 12 | (2) |
2013 | Jetisu | 27 | (3) |
2014 | Shaxtyor | 28 | (3) |
2015 | Olmaliq | 29 | (8) |
2016 | Buxoro | 29 | (3) |
2017 | Atirau | 25 | (2) |
2018—2019 | Buxoro | 27 | (3) |
2019—2020 | Surxon | 32 | (4) |
2021—2022 | Buxoro | - | (-) |
2022 | Soʻgʻdiyona | 11 | (-) |
Milliy terma jamoa | |||
2007—2015 | Oʻzbekiston | 12 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
"Buxoro" yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. 2000—2006-yillarda „Buxoro“ klubida oʻynagan. 2007—2012-yillarda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida oʻynagan. 2010-yilda Salomov „Nasaf“ Qarshi klubi bilan shartnoma imzolagan.
2013-yil fevral oyida Salomov Qozogʻistonning „Jetisu“ klubiga oʻtgan. 2013-yil 9-mart kuni Qozogʻiston chempionatining 1-turida „Qayrat“ga qarshi oʻyinda Salomov oʻzining debyut uchrashuvida 3:3 hisobida durang oʻynadi „Jetisu“ tarkibida birinchi golini urgan.
2014-yilning yanvarida u „Irtish Pavlodar“ bilan shartnoma imzolagan. Ammo fevral oyida u klub rahbariyatining tenge devalvatsiyasi munosabati bilan maoshni oshirishdan bosh tortgani uchun jamoani tark etgan. 2014-yilning fevralida u Qozogʻistonning boshqa bir klubi Qaragʻandining „Shaxtyor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2015-yilda vataniga qaytib, „Olmaliq“ jamoasiga kelib qoʻshilgan. 2016-yilda Buxoroga qaytib kelgan. 2017-yilning bahorida Salomov Qozogʻistonning „Atirau“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2018-yilning 8-yanvar kuni Salomov „Buxoro“ bilan shartnoma imzolagan. 2019-yil Termizning „Surxon“ jamoasi safiga oʻtgan. 2022-yil iyul oyida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi safiga oʻtgan. Mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati
2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi safida ikkita oʻyin oʻtkazgan. Salomov 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida milliy terma jamoa safida ikki marta maydonga tushgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 2011-yilgi Osiyo kubogining yarim finalchisiga aylangan.
Futboldan keyingi faoliyat
2023-yilgi mavsum boshida futbolchilik foaliyatini yakunlagan va Buxoro klubi tizimida faoliyatini boshlagan. 2024-yil yanvar oyida „Buxoro“ klubi bosh direktori sifatida tayinlangan.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi
- 5-noyabr, 2017-yil holatiga koʻra
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Dvizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Bunyodkor | 2010-yil | Oʻzbekiston ligasi | 1 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | ||
2011-yil | 23 | 2 | 4 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 32 | 2 | ||
2012-yil | 23 | 6 | 7 | 4 | 11 | 1 | 0 | 0 | 41 | 11 | ||
Jami | 47 | 8 | 11 | 4 | 19 | 1 | 0 | 0 | 77 | 13 | ||
Nasaf (ijara) | 2010-yil | Oʻzbekiston ligasi | 5 | 2 | - | 0 | 0 | 5 | 2 | |||
Jetisu | 2013-yil | Premer-liga | 27 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 27 | 3 |
Shaxtyor Qaragandi | 2014-yil | 28 | 3 | 2 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 33 | 3 | |
Olmaliq | 2015-yil | Oʻzbekiston ligasi | 29 | 8 | 0 | 0 | - | - | 29 | 8 | ||
Buxoro | 2016-yil | Oʻzbekiston ligasi | 29 | 3 | 6 | 1 | - | - | 35 | 4 | ||
Atirau | 2017-yil | Qozogʻiston Premer-ligasi | 25 | 2 | 4 | 0 | - | - | 29 | 2 | ||
Buxoro | 2018-yil | Oʻzbekiston Superligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 0 | 0 | ||
Karyera jami | 190 | 29 | 23 | 5 | 21 | 1 | 1 | 0 | 235 | 35 |
Xalqaro
Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyinlar | Gollar |
2007-yil | 2 | 1 |
2008-yil | 0 | 0 |
2009-yil | 0 | 0 |
2010-yil | 3 | 0 |
2011-yil | 3 | 0 |
2012-yil | 2 | 0 |
2013-yil | 1 | 0 |
2015-yil | 1 | 0 |
Jami | 12 | 1 |
2015-yil 31-mart oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika
Milliy terma jamoada gollar
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2007-yil 13-oktyabr | Toshkent, Oʻzbekiston | Xitoy Taypeyi | 9 – 0 | 9-0 | 2010 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlari
- Bunyodkor
- Oʻzbekiston chempioni (3): 2008, 2009, 2011
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2012
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 2008, 2012
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2009
- Nasaf
- Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2010
Manbalar
- „ru:Шавкат Саломов продолжит свою карьеру в Казахстане“ (ru). sports.kz (2013-yil 21-fevral).
- „«Иртыш» приступил к УТС“. 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-yanvar.
- „Девальвация повлияла на уход из «Иртыша» двух футболистов“. 2019-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-fevral.
- „Саломов и Мурзоев переходят в "Шахтер"“ (ru). news.rambler.ru (2014-yil 16-fevral). Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
- „Саломов и Мурзоев переходят в "Шахтер"“ (ru). news.rambler.ru (2014-yil 16-fevral). Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
- „БУХОРО МУЛЛАЖОНОВ ВА САЛОМОВ БИЛАН ҲАМ ШАРТНОМА ИМЗОЛАДИ“ (uz). pfcbuxoro.com. FK Buxoro (2018-yil 8-yanvar). 2018-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
- „Расмий хабар: "Сурхон" Шавкат Саломов ва 6 футболчи билан шартнома имзолади“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
- „Шавкат Саломов "Сўғдиёна"да“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
- „Информация на sportportal.uz“ (deadlink). 2009-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 30-may.
- Shavkat Salomov – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- „Rasman: “Buxoro” klubining bosh direktori o'zgardi“ (2024-yil 10-yanvar).
- „S.Salomov“. uk.soccerway.com/. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.
- „Shavkat Salomov“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2014-yil 4-yanvar.
Havolalar
- Shavkat Salomov(rus.) FK Qaraganda Shaxtyor saytida
- Shavkat Salomov Transfermarkt saytida
- Shavkat Salomov Footballfacts saytida
- Shavkat Salomov National-Football-Teams.com saytida
- Shavkat Salomov Soccerway saytida
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shavkat Salomov haqida, Shavkat Salomov nima? Shavkat Salomov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!