Sherzodbek Abduraimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sherzod Abduraimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sherzod Abduraimov
Tavallud sanasi 9-may 1995-yil (1995-05-09) (30 yosh)
Tavallud joyi image Quva tumani, Fargʻona
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
image Neftchi
Raqami 35
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2014 image Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 image Mashʼal
2015 image Sementchi
2015 image Mashʼal-2
2016 image Zomin
2017 image Surxon
2017—2018 image Norin
2019—2020 image Neftchi 17+ (0)
2021 image FC Kaganat 27 (0)
2022 image Alay 14 (0)
2023—2024 image Shoʻrtan 22 (0)
2024— image Neftchi Qoʻchqor-Ota 0 (0)
Milliy terma jamoa
2013—2015 image Oʻzbekiston U20 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sherzod Abduraimov (ruscha: Абдураимов Шерзодбек; 1995-yil 9-may, Quva tumani) – oʻzbekistonlik futbolchi, Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Sherzod futboldagi dastlabki bilimlarini Muborakdagi Mashʼal akademiyasida olgan. 2014-yildan Mashʼal klubi asosiy jamoasiga jalb etilgan. 2015-yilda klubdagi raqobat sababli dastlab Quvasoyning „Sementchi“, Zomining „Zomin“ keyinchlik Haqqulobodning „Norin“ jamoalarida ijarada oʻynagan. 2018-yilgi avvalida „Mashʼal“ klubi tarkibiga qaytgan.

2019-yilgi mavsum avvalida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Ikki mavsum davomida „Neftchi“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 2021-yilgi mavsum oldidan „Neftchi“ jamoasini tark etgan va Qirgʻizistonning „Kaganat“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2022-yilgi mavsum Oʻshning „Alay“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yilgi mavsum odldian Oʻzbekistonga qaytdi va Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2024-yil 8-aprelda Shoʻrtan jamoasi Sherzod bilan shartnomani bekor qilgan.

Shoʻrtan jamoasidan ketganidan soʻng 2,5 oy davomida jamoasiz qoldi. Yozgi transfer oynasi ochilganidan soʻng 17-iyulda Qoʻchqorotaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Baxsli vaziyatlar

| ]

2020-yilgi mavsum Oʻzbekiston Pro ligasi soʻngi turida, Fargʻonadagi Istiqlol stadionida „Neftchi“ va „Turon“ jamoalari oʻynagan. Oʻyin yaklunida Yaypan jamoasi oʻyindagi yagona golni kiritib Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Oʻyin yakunlaganidan soʻng bir qancha „Neftchi“ futbolchilari va Sherzod oʻzining oʻyindagi xolatlar boʻyicha eʼtirozlarini tajavuzkor harkatlar bilan bildirib, Bosh hakam Shavkat Nasibullayevga jismoniy hujum qilishgan. Natijada OʻFA oʻyinda tartib buzilishida qatnashgan Sherzod Abduraimov bir yil muddatga futbolning har qanday faoliyatidan chetlatilgan. Keyinchalik jazo chorasi yumshatilib Oʻzbekistondan tashqarida, xorij mamlakatlarida faoliyat yuritishga ruhsat berilgan.

2024-yil 3-aprelda Muborakda Mashʼal va Shoʻrtan jamoalari oʻyinida, oʻz darvozasidan ikkinchi gol oʻtkazib yuborgach raqib futbolchisi Ibrohim Gʻanixonov gol nishonlayotgan vaqtida unga bosh bilan zarba berib maydondan chetlatilgan.

Yutuqlar

| ]
  • Oʻzbekiston Pro ligasi goʻlibi: 2017
  • Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 2020

Manbalar

| ]
  1. „Шерзод Абдураимов: “Муҳими – вазифани бажардик”“ (2013-yil 19-oktyabr).
  2. „Шерзод Абдураимов “Цементчи”да“ (2015-yil 28-yanvar).
  3. „“Цементчи”: Абдураимов кетди. Унинг ўрнига Турдалиев“ (2015-yil 15-avgust).
  4. „Абдураимов “Машъал”да“ (2018-yil 18-iyul).
  5. „Биринчи лига. "Сурхон" таркибидаги ўзгаришлар ҳақида“ (2017-yil 10-avgust).
  6. „"Нефтчи" собиқ дарвозабони: "Ҳар қандай шароитда футбол ўйнашни ўргандим"“ (2022-yil 11-noyabr).
  7. „Кутилмаганда "Шўртан" Шерали Жўраев ва яна бир футболчи билан шартномани бекор қилди“ (2024-yil 8-aprel).
  8. „Про лига. "Турон" Суперлигада!“ (2020-yil 1-dekabr).
  9. „ЎФА “Нефтчи” – “Турон” учрашуви бўйича баёнот берди“ (2020-yil 2-dekabr).
  10. „“Нефтчи” – “Турон” учрашувидаги ҳолат бўйича ЎФA Тартиб-интизом қўмитаси қарори: беш футболчи ва "Нефтчи" жиддий жазоланди“ (2020-yil 9-dekabr).
  11. „"Нефтчи" - "Турон" ўйинидан сўнг четлатилган футболчиларнинг кейинги тақдири нима бўлди? Шерзод Абдураимов: "Дисквалификация бизни тарбиялади"“ (2021-yil 23-dekabr).
  12. „Кеча "Машъал" футболчисининг бурнини синдирган "Шўртан" дарвозабонининг кейинги тақдири маълум“ (2024-yil 4-aprel).
  13. „«Шўртан» дарвозабонидан зарба қабул қилиб олган «Машъал» футболчиси махсус ҳимоя воситасида машғулот олиб бормоқда“ (2024-yil 8-aprel).
  14. „Sho‘rtan darvozaboni Sherzod Abduraimovning litsenziyasi qaytarib olinib, uning harakati O‘FA qo‘mitasiga oshirildi“ (2024-yil 4-aprel). 2024-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
  15. „Sherzodbek Abduraimov - TROPHIES“.[sayt ishlamaydi]

Havolalar

| ]
  • Sherzod Abduraimov Transfermarkt saytida
  • Sherzodbek Abduraimov Soccerway saytida
  • Sherzodbek Abduraimov (Wayback Machine saytida 2024-04-08 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sherzodbek Abduraimov haqida, Sherzodbek Abduraimov nima? Sherzodbek Abduraimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan