Shuhrat Sodiqov
| Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov | |
|---|---|
Sadikov Shuxrat Muxammadjanovich | |
![]() Shuhrat Sodiqov 2019-yil, AKT Vazirligi | |
| Mansab davri 7-fevral 2024-yildan | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Abdurashid Joʻraboyev |
| Mansab davri 15-fevral 2023-yildan – 7-fevral 2024-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Mansab davri 8-avgust 2018-yildan – 4-noyabr 2021-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Azim Ahmadxoʻjayev |
| Vorisi | Sherzod Shermatov |
| Mansab davri 1-avgust 2017-yildan – 8-avgust 2018-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Mansab davri 25-mart 2010-yildan – 1-mart 2017-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Mansab davri 6-noyabr 2008-yildan – 25-mart 2010-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Mansab davri 2006-yildan – 2008-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi bosh mutaxassisi | |
| Mansab davri 2004-yildan – 2006-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| O'zbekiston Respublikasi Davlat aloqa inspektsiyasining boshliq vazifasini bajaruvchi, Toshkent shahar Davlat aloqa inspektsiyasi boshligʻi | |
| Mansab davri 1997-yildan – 2002-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-iyul 1969-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR,Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent Viloyati |
| Fuqaroligi | |
| Millati | Oʻzbek |
| Siyosiy partiyasi | O'zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
| Otasi | Muhammadjon Sidiqovich Sadikov |
| Taʼlim | Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Jizzax Davlat Pedagogika Instituti |
| Mukofotlari | |
| Vebsayti | [1] |
Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov (1969-yilda tugʻilgan, Toshkent viloyati, OʻzSSR, SSSR) – Oʻzbekiston davlat arbobi, bosh vazir kotibiyati rahbari.
2023-2024 yillarda Oʻzbekiston Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari, 2018—2021-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri.
Biografiyasi
| ]Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov 1969-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
Taʼlim
| ]1992-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan va 2006-yilda magistraturani magistr darajasida tamomlagan. 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan, iqtisod boʻyicha magistr darajasini olgan
Mehnat faoliyati
| ]1992-yilda Shuhrat Sodiqov oʻz ishini Jizzax radiotelefon aloqa markazida muhandis-iqtisodchi sifatida boshladi. 1993-1997-yillarda „Nur“ kichik korxonasining kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha texnik direktor boʻlib ishlagan. 1997-yildan 2002-yilgacha – Davlat aloqa inspektsiyasining inspektori, 1-toifali muhandisi, 2-toifali muhandisi, boshliq vazifasini bajaruvchi Toshkent shahar Davlat aloqa inspektsiyasi boshligʻi.
2004-2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi bosh mutaxassisi boʻlib ishlagan. 2006-yildan beri oʻrinbosar, 2008-yil 6-noyabrdan esa – „Uztelecom“ AK Bosh direktori lavozimida ishlagan.
2010-yil 25-martda Shuhrat Sodiqov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi. 2017-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori lavozimida ishlaydi.
2018-yil 8-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri boʻlib ishlagan. 2021-yil 3-noyabrda „Oʻzkomnazorat“ tomonidan Shaxsga doir maʼlumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar reestriga qoʻshilgan ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki) faoliyati cheklab qoʻyilishi ortidan ishdan olindi.
Shuhrat Muhamadjonovich Sodiqov 2023-yil 15-fevraldan 2024-yil 7-fevralgacha Oʻzbekiston bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari. 2024-yil 7-fevraldan boshlab Sodiqov Shuhrat Muhammadjonovich bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi.
Mukofotlar
| ]Mehnat shuhrati ordeni (29.08.2020)
Oilasi
| ]Oilali, 4 ta farzandi bor.
Manbalar
| ]- „arxiv nusxasi“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
- https://uzreport.news/economy/shuhrat-sadikov-naznachen-generalnyim-direktorom-ak-uzbektelekom
- https://pc.uz/news/37815-naznachen-generalnyy-direktor-ak-uzbektelekom
- https://www.comnews.ru/content/20909/2010-03-31/glava-uzbektelekoma-vernulsya-na-gossluzhbu
- https://uz.sputniknews.ru/20170801/glava-nacionalnogo-agenstva-proektnogo-upravleniya-5946608.html
- „arxiv nusxasi“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
- https://www.gazeta.uz/ru/2018/08/09/ict/
- Shuhrat Sodiqov va Olimjon Umarov lavozimidan ozod qilingani rasman tasdiqlandi
- https://www.gazeta.uz/ru/2020/08/29/reward/
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 1-iyulda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Jizzax davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shuhrat Sodiqov haqida, Shuhrat Sodiqov nima? Shuhrat Sodiqov nimani anglatadi?









Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!