Shuhratbek Abdurahmonov
Shuhratbek Qoʻshoqboyevich Abdurahmonov (1969-yil, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, 2013-yil 26-apreldan Andijon viloyati hokimi .
Shuhratbek Abdurahmonov | |
---|---|
![]() | |
![]() | |
Mansab davri 2013-yil 26-apreldan – hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ahmadjon Usmonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 25-dekabr 1969-yil Izboskan tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | |
Millati | oʻzbek |
Siyosiy partiyasi | Oʻzlidep |
Kasbi | agronom |
Dini | islom |
Maʼlumoti | Andijon paxtachilik instituti |
Mukofotlari | ![]() ![]() ![]() |
Vikiiqtibosda Shuhratbek Abdurahmonovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Biografiyasi
Shuhrat Abdurahmonov 1969-yilda Andijon viloyati, Izboskan tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini (hozirgi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti) agronom mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
Mehnat faoliyati
1992-yilda „Madaniyat“ agrofirmasi 5-boʻlimi agronom-entomologi boshligʻi. „Navbahor“ kompaniyasining paxtachilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1994-yilda „Madaniyat“ agrofirmasining bosh agronomi, 1999-yilda qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻldi. 2000-yilda – „Navbahor“ jamiyatining raisi, 2001-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, 2004-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi, 2011-yildan Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, 2013-yil 26-apreldan – hozirgi vaqtga qadar Andijon viloyati hokimi. Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi va Andijon viloyat Kengashi deputati.
Mukofotlari
Shuhrat Abdurahmonov 2010-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan
2020-yilda „Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan
2019-yil „Mehnat shuhrati“ va 2024-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan
Oilasi
Oilali. 3 nafar farzandi bor
Manbalar
- „arxiv nusxasi“. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- https://www.gazeta.uz/ru/2013/04/26/andijan/
- https://repost.uz/abdurahmanov
- „абдурахманов шухратбек кушақбаевич“. andijan.uz. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- „Daryo.uz“.
- „"Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi farmon“.
- „"O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“ (2024-yil 24-avgust).
![]() ![]() | Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shuhratbek Abdurahmonov haqida, Shuhratbek Abdurahmonov nima? Shuhratbek Abdurahmonov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!