Solih Mutallibov

Solih Mutallibov (1900, 19.3 – Toshkent – 1979.18.3) – tilshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971).

Boshlangʻich taʼlimni eski maktabda olgan, soʻng madrasada oʻqigan (1912—16). Oʻqituvchilar kursini (1918) tamomlab, internat, maktablarda dars bergan. Samarqand Pedagogik akademiyasida oʻqigan (1928—31).

Toshkentda 3 xotinqizlar bilim yurtida oʻqituvchi (1932—34). Pedagogika ilmiy tadqiqot institutida xodim (1934-36). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1938—78). „11-asr yodgorliklarida feʼl kategoriyasi“ (1955), „Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk“ (1959), „Alisher Navoiyning aforizmlari“ (1940; 1968) kabi ilmiy asarlar muallifi.

S.Mutalibov Markaziy Osiyoda birinchi marta Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“ („Turkiy soʻzlar devoni“) asarini oʻzbek tiliga tarjima qilib nashr ettirgan (3 j.li, 1960—63). Ilmiy faoliyati Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“ asarining oʻzbek tiliga tarjimasi talqini va tadqiqotiga bagʻishlangan.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Solih Mutallibov haqida, Solih Mutallibov nima? Solih Mutallibov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan