Solijon Mamarasulov
Solijon Mamarasulovich Mamarasulov (1930—2005) — oʻzbek sovet, partiya va davlat arbobi. Oʻzbekiston SSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri (1965—1977). 1958-yildan KPSS aʼzosi. KPSS Andijon viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1978—1985), KPSS Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1985—1989), KPSS Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1989—1991); 1990—1991-yillarda KPSS MK aʼzosi (1986—1990-yillarda nomzod), 1981—1986-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi, Toshkent viloyat kengashi raisi (1990—1991), SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashining 10-11-chaqiriq (1979—1989) Andijon viloyatidan deputati. SSSR xalq deputati. Texnika fanlari nomzodi.
Solijon Mamarasulov | |
---|---|
Mansab davri 1978-yil dekabr – 1985-yil 5-avgust | |
Oʻtmishdoshi | Inomjon Usmonxoʻjayev |
Vorisi | Maxmud Arifjanov |
Mansab davri 1985-yil 3-avgust – 1989-yil 2-dekabr | |
Oʻtmishdoshi | Abdulxoliq Karimov |
Vorisi | Hakim Berdiyev |
Mansab davri 1989-yil 28-oktabr – 1991-yil 16-iyul | |
Oʻtmishdoshi | Mirahmad Mirqosimov |
Vorisi | Sayfulla Saidaliyev |
Mansab davri 1990-yil – 1991-yil | |
Mansab davri 1965-yil – 1977-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1930-yil 1-iyun |
Vafoti | 17-yanvar 2005-yil (74 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | KPSS (1958-yildan) |
Taʼlim | Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (1953) |
Ilmiy unvoni | Texnika fanlari nomzodi |
Mukofotlari | ![]() ![]() ![]() ![]() |
Tarjimai hol
Andijon viloyati Marhamat tumani Qoraqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Millati oʻzbek.
1953-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.
1953—1962-yillarda muhandis-konstruktor, stajyor-muhandis, ekspeditsiya rahbari oʻrinbosari, „Oʻzgiprovodxoz“ instituti direktor oʻrinbosari kabi vazifalarda faoliyat olib borgan.
1962—1964-yillarda „Sredazgiprovodxoz“ instituti direktori.
1964—1965-yillarda Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi vaziri 1-oʻrinbosari — Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi rahbari.
1953—1964-yillarda ilmiy-texnik ishlarda faoliyat yuritgan.
1965—1977-yillarda Oʻzbekiston SSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri.
1977—1978-yillarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari.
1978—1985-yillarda Oʻzbekiston KP Andijon viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi.
1985—1989-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi.
1989—1991-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi.
1990—1991-yillarda — Toshkent viloyat kengashi raisi.
2005-yil 17-yanvarda vafot etgan.
Manbalar
- „Список депутатов Верховного Совета СССР 11 созыва“. 2011-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2013-yil.
Adabiyotlar
- Biografiya na sayte „TsentrAziya“[sayt ishlamaydi]
- [www.az-libr.ru/index.shtml?Persons&C0C/a788ca8d/index Biografiya na sayte „AzLibr“]
- GA RF R7523 105 152 „Ukazi Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR, prinyatie s 26 po 27-avgusta 1971 goda, i materiali k nim /k protokolu № 14/ s № 2075-VIII po № 2078-VIII. Tom 7“
- GA RF R7523 105 376 Ukazi Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR, prinyatie s 8 po 10-dekabrya 1973 goda, i materiali k nim /k protokolu № 45/ s № 5141-VIII po № 5149-VIII. Tom 9
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Solijon Mamarasulov haqida, Solijon Mamarasulov nima? Solijon Mamarasulov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!